Qishloq xo’jaligi ijtimoiy infratuzilmasi. Qishloq xo’jaligi korxonalarining samarali faoliyati ishchi-xodimlarga zarur shartsharoitlar yaratishni talab etadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu vazifani bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Maqsadli yo’nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko’ra ijtimoiy infratuzilma sohalarini ikki guruhga ajratish mumkin: korxonada faoliyat yurituvchi bo’limlar va sohalar hamda aholiga xizmat ko’rsatuvchi tashkilot va muassasalar.
Birinchi guruhga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo’jalik bo’limlarida joylashgan hamda mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning hordiq olishi hamda boshqa shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan obyektlar tegishlidir. Bu guruh tarkibiga korxonadagi umumiy ovqatlanish punktlari (bufetlar, oshxonalar, tamaddixonalar), sog’liqni saqlash va hordiq obyektlari (profilaktoriylar, dam olish xonalari, yuvinish xonalari va boshqalar), yong’in xavfsizligi punktlari kiradi.
Ikkinchi guruhga esa qishloq xo’jaligi korxonalarining aholi punktlarida joylashgan, aholining talablarini qondirish uchun mo’ljallangan va asosan davlat resurslari, agrosanoat uyushmalari, agrofirmalar mablag’lari hisobidan va xususiy tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari kiradi. Ular jumlasiga kommunal xo’jaligi korxonalari, sog’liqni saqlash, sport, ta’lim va maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo korxonalari hamda maishiy xizmat korxonalari taalluqlidir. Maishiy xizmat turlariga quyidagilar kiradi: poyabzal ta’mirlash, kiyim-kechak tikish, to’qish va ta’mirlash, teleradio, video, audio apparatlari va ro’zg’or jihozlarini ta’mirlash, metall buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, mebel yasash va ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash va bo’yash, uy-joylarni ta’mirlash va qurish, suratxona, hammom, sartarosh va kosmetolog xizmati, buyumlarni ijaraga berish xizmati va boshqa shu kabilar. Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu sohalari mehnat sohasi va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar qishloq joylaridagi aholining hammasiga xizmat ko’rsatishga yo’naltirilgan bo’ladi va mehnat resurslarini qayta tiklashga xizmat ko’rsatadi.