Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 2009-2016-yillar mobaynida ortib borgan. 2009-2016-yillarda 2169 ta qishloq massivlarida 69557 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilgan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun yo’naltirilgan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish uchun yo’naltirilgan mablag’lar
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2009-2016 yillarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi uchun 9790,9 mlrd. so’m mablag’ sarflangan, uning 5887,3 mlrd. so’mi imtiyozli kreditlardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uyjoylarning qurilishi uchun “tayyor holda topshirish” shartlarida shartnoma tuzgan barcha pudratchi tashkilotlar Pensiya jamg’armasidan tashqari soliqlarning barcha turlarini to’lashdan ozod etilganligi ham ularning faoliyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Hukumatimiz tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni yanada takomillashtirishga e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 17-iyunda qabul qilingan “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, uy-joylarning namunaviy loyihalariga o’zgartirish va tuzatishlar kiritildi. Jumladan, qishloq joylarda har bir imorat quruvchiga shu paytgacha ajratib kelinayotgan 4 sotix o’rniga 6 sotix hajmida yer uchastkasi ajratish belgilandi. Davlatimiz rahbarining taklif va tavsiyalari asosida ilgari ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti tomonidan har tomonlama tahlil qilindi. E’tibordan chetda qolgan tabiiy omillar – shamol yo’nalishi, quyosh nurining tushishi kabi muhim imoratsozlik talablari yangi loyihalarda inobatga olindi. Shuningdek, xonalarning joylashtirilishi qayta ko’rib chiqildi, xonalar kengaytirildi, devorlar balandligi 3 metrdan 3,2 metrga oshirildi. Takomillashtirilgan loyihada keksalar va bolalar uchun ham tegishli qulayliklar, darvozaxonada shaxsiy yengil mashinalar uchun maxsus joy nazarda tutilgan, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uyga taqab qurilgan suv isitish – qozonxona qurilmasi hovlining chetiga ko’chirilgan.
Mamlakatimizda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimiz agrar sohasi rivoji va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi muqarrardir.
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uning samaradorligini yuksaltirishda infratuzilmaning ahamiyati nihoyatda ulkan. Shunday ekan tarmoqda shunday infratuzilmani barpo etish kerakki, u tarmoqda amalga oshiriladigan barcha munosabatlarni qonun doirasida sifatli bajarilishini taminlashi lozim. “Bu juda muhim jarayon. Infrastrukturani birdaniga yaratib bo’lmaydi.
Ifratuzilma subyektlari yetarli darajada bilimli, malakali,yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan kadrlar bilan ta’minlanmagan, faoliyat ko’rastayotgan rahbar va mutaxasislarning malakasini oshirish ham talabga to’liq javob beraolmaydi;
Mavjud servis subyektlari o’z faoliyatlarini samarali yuritish uchun bino, inshootlar, ishlab chiqarish vositalari hamda mablag’ bilan to’liq ta’minlanmagan;
Kelajakda qishloq xo’jaligida ekilayotgan ekinlarning xosildorligi,chorva xayvonlarining maxsuldorligi yanada oshishi zarur. Buning uchun amalga oshiriladigan barcha agrotexnik va zootexnik tadbirlarni vaqtida sifatli qilib amalga oshirish lozim.Shuning bilan birgalikda, yetishtirilgan mahsulotlarni vaqtida, sifatli qilib yig’ishtirib
olib, tashish, imkoniyat darajasida qayta ishlab,saqlash, iste’molchilarga yetkazib berish talab etiladi.
Barcha yo’nalishdagi infratuzilma subyektlarini faoliyatlarini maqsadga muvofiq ravishda to’g’ri tashkil etish hamda samarali bajarish uchun
bilimdon,malakali kadrlarni barcha turdagi bilim yurtlariga tizimli tayorlashga ham alohida e’tibor berish zarur.Shuning bilan birgalikda servis subyektlarida faoliyat ko’rsatayotgan raxbar va mutaxassislarning bilim va malakalarini bozor iqtisodiyoti talablariga yetarli darajada javob beraoladigan darajada qayta o’qitish va malakalarini oshirish masalalariga ham katta e’tibor berish zarur.