Qishloq xo’jaligida infratuzilma va uni rivojlantirish yo’llari


Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə7/10
tarix09.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#153398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Zuhriddin Kurs Ishi (2)

Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi. Bozor infratuzilmasi mamlakatda bozor munosabatlarini barpo etish va rivojlantirishga xizmat ko’rsatuvchi sohalar majmui bo’lib, bozor xizmati tarmoqlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tarmog’i, zamonaviy moliya va soliq tizimi, audit, sug’urta, birjalar faoliyati, kredit uyushmalari, konsalting firmalari, bojxona tizimi va boshqa shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga kiradigan tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni samarali yo’lga qo’yish asosida iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin. Ushbu tadbir bozor infratuzilmasi subyektlarini qishloq hududlari bo’yicha joylashtirish bilan bir qatorda ular tomonidan yangi ish o’rinlarining yaratilishiga ham asos bo’ladi.

4-rasm. Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari.
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va muassasalar kiradi: monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi; birjalar va ularning tarkibida ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari; savdo-tijorat markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdo firma va birlashmalari; ulgurji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo tashkilotlari; kim oshdi savdosi o’tkazuvchi idora va yarmarka; markaziy va tijorat banklari; lizing va injiniring bo’yicha muassasa va tashkilotlar; marketing maslahati va menejment markazlari; mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash muassasalari, markazlar; mehnat bandligi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; tijorat va ilmiy-texnika axborotlari markazlari; reklama byurolari; sug’urta xizmatini ko’rsatuvchi muassasalari; soliq tizimi idoralari va inspeksiyalari; bojxona tizimi idoralari; auditorlik xizmati firmalari; konsalting xizmati muassasalari; kasaba uyushma tashkilotlari; loyihalash institut va tashkilotlari; vositachilik xizmati muassasalari; notarial idoralari; advokatura idorasi; tadbirkorlik uyushmasi; investitsiya jamg’arma kompaniyalari; lombardlar; agrofirma; kredit uyushmalari; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o’xshash barcha xo’jalik yuritish subyektlari va jismoniy shaxslar o’rtasida sodir bo’ladigan bozor munosabatlarini tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi muassasalar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining ham o’rni beqiyosdir. Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo’lgan lizing kompaniyalari tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligiga yetkazib berilayotgan traktorlar va o’rim-yig’im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 424-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan “O’zqishloqxo’jalikmashlizing” kompaniyasi tashkil etildi va uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bundan tashqari “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mashinalarini (birinchi navbatda traktorlar va o’rim-yig’im texnikasini) mashina-traktor parklariga va fermer xo’jaliklariga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari belgilab qo’yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda lizing imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin