Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi


Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari



Yüklə 137,59 Kb.
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü137,59 Kb.
#198912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Qishloq xo`jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo`llari


2017 yilda YAIM hajmi joriy narxlarda 249136,4 mlrd. so`mni tashkil etdi va 2016 yilga nisbatan 5,3 %ga o`sdi. Shu jumladan qishloq xo`jaligida 2017 yilda 43149,8 mlrd. so`mni va 2016 yilga nisbatan 2,0 %ga oshdi. YAIM deflyatori indeksi 2016 yildagi narxlarga nisbatan 118,9 foizni tashkil etdi. 2017 yil yakunlari bo`yicha aholi jon boshiga YAIM 7692 ming so`mni tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 3,6 %ga oshdi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, iqtisodiy o`sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy o`sish sur’atlari bilan bog`liqdir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo`shilgan qiymat (YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 %ga o`sdi (YAIM mutloq o`sishiga ta’siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 10,2 %ni tashkil etdi va YAQQ kabi 5,3 % darajada o`sdi (YAIM mutloq o`sishiga ta’siri 0,5 % punktni tashkil etdi).
YAIM o`sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko`rsatdi va bu soha o`tgan yilga nisbatan 6,9 foizga oshdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar 3,9 foizga (YAIM tarkibidagi ulushi -11,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 8,9 % ga (11,0 %) va boshqa xizmatlar – 7,3 % ga (24,8 %) o`sdi.
Sanoat tarmog`ining qo`shilgan qiymati 4,6 % ga o`sdi va YAIM tarkibidagi ulushi 26,7 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishining YAIM mutloq o`sishi sur’atiga ijobiy ta’siri 1,1 % punkt darajasida baholandi. Sanoat tarmog`idagi o`sish asosan tog`-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (114,6 %) va ishlab chiqaradigan sanoat (102,8 %) qo`shilgan qiymatlarining o`sishi hisobiga ta’minlandi.
Yil yakunlariga ko`ra, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida ham 2,0 % darajasida ijobiy o`sish sur’ati kuzatildi. Ushbu tarmoqning YAIM tarkibidagi ulushi 19,2 foizni tashkil etdi. Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog`idagi o`sish sur’ati hisobidan YAIM ning 0,4 % punktga o`sishi ta’minladi.
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida va bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, jahonda investitsiyalar uchun qat’iy raqobatli kurash izchil davom etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o`tkazish, mablag`larni mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi ustuvor yo`nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog`liq yo`nalishlarda mujassam qilish respublikada o`tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir.
Bugungi kunda O`zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo`naltirilayotgan mamlakatlar guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib borilayotgan va uzoq strategik maqsadlarni ko`zlagan investitsion dasturlar hamda tarkibiy o`zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo`lmoqda. Bu Prezidentimiz tomonidan mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonining to`g`ri va aniq olib borilayotgani natijasidir.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlashtirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o`rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion dasturi haqida”gi 1213-sonli Qarori tasdiqlangan bo`lib, ushbu dastur asosidagi kapital qo`yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida bank tizimi investitsion kreditlarining ahamiyati yuqori bo`lmoqda
Kelgusida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadida, mahalliy ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar, xorijiy va xalqaro jamgarmalarning diqqatini va moliyaviy mablaglarini respublikamiz ilmiy tashkilotlari va universitetlari ishlab chiqqan eng ilgor texnologiyalarga jalb qilish maksadida yangi yunalish – “Yuqori texnologiyalar” (yoki "Hi Tech") tashkil etilib, geninjeneriyasi, xujayra texnologiyalari, farmatsevtika va biotexnologiya-lar, nanotexnologiyalar, shuningdek axborot texnologiyalari sohalarida innovatsion texnologiyalar; taqdim etish rejalashtirildi.
Shuningdek, sanoat korxonalari, tadbirkor va kichik biznes vakillari uchun yana bita yangi "Energiya va resurs buyicha tejamkor texnologiyalar yunalishi tashkil etildi. Energiya va resurslarni tejash, kayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalnishning samarali usullar bo`yicha 50 ta ishlanma takdim etiladi.
ASM ni mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo`llab – quvvatlanishi o`z ichiga quyidagi asosiy yo`nalishlarni oladi:

  • qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilar ahamiyatini kuchaytirish, ularning huquq va majburiyatlarini himoya qilish;

  • dehqon va fermer xo`jaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam berish;

  • kichik va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashda qo`llab quvvatlash, ularni aholi turmush darajasini oshirish va iqtisodiy o`sishning muhim omiliga aylantirish;

  • iste’mol bozorlarini qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan to`ldirish va ulgurji savdo tizimini yanada rivojlantirish.

Hozir ASM korxonalarida bozor mexanizmiga yo`naltirilgan innovatsion faoliyatni shakllantirish va unda davlatning roli va maqsadlarini belgilash va istiqbolli rejalar tuzish alohida ahamiyat kasb etadi. Innovatsiya sohasiga taalluqli uslublar hamda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalangan holda ilg`or innovatsion texnika va texnologiyalarni jalb qilish korxonalarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib, davlat buyurtmasi hajmini oshirishga yordam beradi. Shu bois korxonalarda innovatsion boshqaruvni qo`llash zarurati mamlakatimiz Qishloq xo`jaligisi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy amaliyotida rivojlanishning asosiy omillaridan biri innovatsion faoliyat hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni to`g`ri tashkil etish, tartibga solish boshqarish uchun eng avvalo innovatsion boshqaruv strategiyasini to`g`ri tanlash zarur. Zero milliy iqtisodiyotning yuksalishida tarmoqlar va ularning o`zaro hamkorlikda rivojlanishini ta’minlovchi boshqaruv tuzilmalari hamda strategiyalari muhim ahamiyatga egadir.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli iqtisodiy islohotlar ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishga yo`naltirilgan. Bunday sharoitda iqtisodiyotni zamonaviy texnologik va innvatsion taraqqiyotsiz, asosiy ishlab chiqarish fondlarini texnik hamda texnologik jihatdan qurollantirmasdan, mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlamasdan amalga oshirib bo`lmaydi.
Zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish korxonalarining oldida turgan muhim masalalardan biri – innovatsion ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning boshqaruv faoliyatini
takomillashtirishdan iborat. Chunki hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish sharoitida korxonalarda innovatsion boshqaruvni yo`lga qo`ymasdan turib, kutilgan natijalarga erishish mumkin emas. Respublikamizdagi ba’zi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarining barqaror faoliyat yuritmayotganligining asosiy sabablaridan biri – bu yerda samarali innovatsion boshqarishning yo`lga qo`yilmaganligidir.
Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining past darajadaligi boshqarish tizimining ichki siyosati bilan bog`liq bo`lib, haligacha bozor talablariga mos holda xo`jalik yuritish va boshqarish usullari shakllanmagan.
Shunday ekan, hozirgi iqtisodiy globallashuv sharoitida ishlab chiqarishni va mehnatni ilm asosida tashkil etish masalalari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion boshqarishni qo`llashni joriy etishning ilmiy asoslarini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:

  • respublikada innovatsion ishlab chiqarishning rivojlanishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish orqali korxonalarda innvatsion boshqarishining uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

  • korxonalarda innovatsion boshqarishning xorijiy tajribalaridan foydalanish istiqbollarini aniqlash;

  • korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda innovatsion boshqarishga ta’sir etuvchi turli omillar guruhini tahlil etish, ishlab chiqarishda boshqaruv samaradorligini aniqlashusullarini takomillashtirish;

  • innovatsion boshqarish samaradorligini baholashda iqtisodiy – matematik usullarni qo`llash asosida aniqlash usullarini takomillashtirish.

Olib borilgan islohotlarning mevalari sifatida jumladan, mamlakatimizda fermerlik va tadbirkorlik faoliyatining samarali qonuniy huquqiy me’yorlari tizimi hamda infratuzilmasi shakllanganligi, ichki va tashqi bozor ehtiyojlari uchun mahsulot va xizmatlarni taqdim etayotgan yangidan yangi tadbirkorlik subyektlarining o`z faoliyatini erkin ravishda olib borishi, korxonalar o`rtasida sof raqobat muhitining rivojlanayotganligini ko`rish mumkin.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tom ma’nodagi islohot va o`zgarishlar shu jumladan ilmiy texnik siyosat kabi muhim faoliyat sohasiga ham o`z ta’sirini o`tkazmoqda. Fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanish masalalari bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida alohida dolzarblik kasb etadi. Raqobat muhiti va bozor sharoitlarida faoliyat olib borayotgan ko`pchilik qishloq xo`jalik korxonalari uchun aynan innovatsion faoliyat hamda uning natijalari muvaffaqiyat va samaradorlikning bosh mezoni hisoblanadi. Shuning uchun ham zamonaviy sharoitda bozor munosabatlari ishtirokchilari, ayniqsa, ishlab chiqaruvchilar o`zlarining joriy va istiqboldagi raqobatbardoshligini ta’minlash uchun mustaqil hamda maqsadga muvofiq tarzda ilmiy-texnik siyosat va innovatsion faoliyatni olib borishlari davrning asosiy talabi hisoblanadi.
Innovatsion faoliyat o`ziga xos murakkab va ko`p qirrali masala bo`lib, korxonaning tadqiqotlar, ishlab chiqarish hamda sotuv munosabatlari majmuini qamrab oladi. Uning samaradorligini oshirishda asosiy o`rin boshqaruvga tegishlidir.
Korxona innovatsion faoliyatini boshqarish o`zida turli funksiyalar (marketing, rejalashtirish, tashkil etish, nazorat) birikmasini namoyon etib, ularning har biri o`ziga xos va turlituman aniq tadbirlarni amalga oshirishni talab etuvchi korxona alohida bo`linmalari o`rtasidagi o`ziga xos va turli-tuman o`zaro aloqa masalalarini yechish hamda korxonaning tashqi muhit o`zgarishlariga mos samarali faoliyat olib borishini ta’minlashga yo`naltirilgandir. Boshqaruv sohasi nafaqat ishlab chiqarish, balki ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, sotuv, moliya, kommunikatsiya lar, ya’ni korxona faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash tufayli ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bugunning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. Bunga korxonalarda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning o`ziga xos shart – sharoitlari hamda bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq muammolarini hisobga olgan holda innovatsion boshqaruvni yo`lga qo`yish orqali erishish mumkin.

Yüklə 137,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin