Qishloq xo`jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi



Yüklə 137,59 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü137,59 Kb.
#198912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Integral samara инт) – boshlang`ich yilga olib kelingan, ya’ni diskontlangan, hisob davri natijalari va innovatsiyaviy xarajatlarining ayirmasi kattaligidir.

Синт Т х (Нt Х t) *t, (13.1)
t0
Bu yerda: Th – hisob yili;
Нt – t-yildagi natija;
Хt – t-yildagi innovatsiyaviy xarajatlar; t – diskontlash koeffitsiyenti.
Integral samara, shuningdek, sof diskontlangan daromad, sof keltirilgan qiymat, sof keltirilgan samara deb ham nomlanadi.

  1. Innovatsiyalar rentabelligi indeksi Jr.

Diskontlash uslubi – turli vaqtda amalga oshirilgan xarajat va daromadlar uslubi, mablag` kam bo`lganda innovatsiyalarga mablag` qo`yish yo`nalishini tanlash imkonini beradi. Ushbu uslub, qattiq chegaralangan budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun foydali hisoblanadi. Bunday vaziyatlarda, barcha mavjud bo`lgan innovatsiya variantlarini, ularning rentabelligi pasayishi bo`yicha tartibga solish taklif etiladi. Rentabellik ko`rsatkichi sifatida esa rentabellik indeksidan foydalanish mumkin. U shuningdek, daromadlilik indeksi va foydalilik indeksi deb ham ataladi. Rentabellik indeksi – bitta davrga olib kelingan daromadlar va innovatsiyaviy xarajatlarning nisbatidir.
Rentabellik indeksi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:
Tp
∑Дj *t
JR  , (13.2)
∑Kt *t
t0
Bu yerda: Jr – rentabellik indeksi;
Дj – j-davrdagi daromad;
Kt – t-davrdagi innovatsiyalarga oshirilgan kapital qo`yilmalar hajmi.
Keltirilgan ifoda nisbatida innovatsiyalarni amalga oshirishning boshlanishiga keltirilgan daromadlar kattaligi, mahrajida esa investitsiyalash jarayonining boshiga nisbatan diskontlangan, innovatsiyalarga kiritilgan investitsiyalar kattaligi o`z aksini topgan.
Yoki boshqacha qilib aytganda, bu yerda to`lov oqimlarining daromad va investitsiyaviy qismlari taqqoslanadi.
Rentabellik indeksi integral samara bilan yaqindan bog`liq, agarda integral samara Eint musbat bo`lsa, unda rentabellik indeksi Jr>1 va aksincha. Jr>1 bo`lganda innovatsiyaviy loyiha samarali hisoblanadi. Aks holda, ya’ni Jr <1 bo`lganda - samarasiz.
Mablag`lar cheklanganligi va tanqisligi sharoitida, rentabellik indeksi yuqori bo`lgan innovatsiyaviy loyihalar ustuvorlikga ega bo`lishi kerak.
3. Rentabellik me’yori Ер – bu diskontning shunday me’yoriki, unda muayyan yillardagi diskontlangan daromadlar kattaligi innovatsiyaviy qo`yilmalarga teng bo`ladi. Bunda innovatsiyaviy loyihaning daromad va xarajatlari hisob vaqtiga keltirilish yo`li bilan topiladi.
T Дt t , (13.3)
Д∑
t1 (1Ep)

ёки КT Кt t (13.4) t1 (1Ep)
Ushbu ko`rsatkich muayyan investitsiyaviy qarorning, diskont stavkasi bilan ifodalanadigan daromadlilik darajasini boshqacharoq tavsiflaydi. Rentabellik me’yori ko`rsatkichi shuningdek, daromadlilikning ichki me’yori, foydaning ichki me’yori, investitsiyalarni qaytarish me’yori deb ham ataladi. Xorijda, rentabellik me’yori, investitsiyalar miqdoriy tahlilining birinchi qadami sifatida ko`p qo`llaniladi. Keyinchalik tahlil qilish uchun, daromadlilik ichki me’yori 15-20%dan kam bo`lmagan innovatsiyaviy loyihalar tanlanadi. Rentabellik me’yori tahliliy tarzda, innovatsiyalar hayotining iqtisodiy muddatida hisoblangan integral samara nolga teng bo`lishini ta’minlovchi, rentabellikning chegaraviy qiymati sifatida aniqlanadi. Olingan Yer kattaligini investor tomonidan talab qilinadigan rentabellik me’yori bilan taqqoslanadi. Innovatsiyaviy qarorni qabul qilish to`g`risidagi masala, Yer qiymati investor talab qilgan kattalikdan past bo`lmagan taqdirdagina ko`rib chiqilishi mumkin.
Agarda innovatsiyaviy loyiha bank ssudasi hisobiga to`liq moliyalashtirilsa, unda Yer bank foiz stavkasining mumkin bo`lgan maksimal darajasini ko`rsatadi, foiz stavkasining ushbu darajadan yuqori bo`lishi loyihani samarasiz qiladi. Boshqa manbalardan moliyaashtirishga yo`l qo`yilganda esa, Yer-ning quyi chegarasi, avans kapitali qiymatiga teng bo`ladi. O`z navbatida, avans kapitali, undan foydalanish uchun olinadigan to`lovning o`rtacha arifmetik kattaligi sifatida hisoblanishi mumkin.
Shartli masalani ko`rib chiqamiz. Yirik kashfiyotni amalga oshirish uchun uzoq muddatli kreditlar, aksiyalar va davlat budjeti mablag`larini jalb etishga to`g`ri keldi. Moliyalashtirish manbalarining ulushi va ularga bo`lgan yillik to`lovlar misoli 2-jadvalda keltirilgan.
2- jadval


Yüklə 137,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin