Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish



Yüklə 61,68 Kb.
səhifə6/10
tarix25.12.2023
ölçüsü61,68 Kb.
#194152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning-fayllar.org

Injiniring – innovasiyaviy siklning barcha bosqichlarini qamrab oladigan, innovasiyalarning majmuaviy texnologiyasi


Innovatsiyalar texnologiyasi

1.3.1-rasm. Innovatsiyalarni amalga oshirish texnologiyasi


Injiniring texnologiyasi va u bo'yicha ishlayotgan injiniring korxonasi, innovasiyaviy loyihani amalga oshirishda buyurtmachiga eng to'liq xizmatlar to'plamini taqdim etadi. Innovasiyaviy siklning barcha bosqichlarida, injiniring buyurtmaning optimal amalga oshirilishini ta'minlaydi. Buyurtmachiga mavjud muammoning bitta konkret yechimni emas, balki yechimning bir nechta variantlarini taklif etishi lozim. Va konsalting korxonasi kabi faqatgina taklif etish emas, balki buyurtmachini ushbu jarayonga jalb etgan holda u uchun eng qulay bo'lgan yechimni birgalikda tanlashi lozim.
Injiniring texnologiyasini amalga oshirishning nazariy asosida uchta tizimli tamoyil yotadi: teskari loyihalashtirish; funksional to'lalik minimumi; yechimning iqtisodiy yetarliligi.
Teskari loyihalashtirish tamoyili, tizim ishlab chiqarilayotgan mahsulot bilan emas, balki mahsulotlarning xilmaxilligi bilan bog'liq bo'lishi, ya'ni tizim noma'lum bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yetarlicha invariantlikka ega bo'lishi kerakligini belgilaydi.
Minimal funksional to'lalik va yechimning iqtisodiy yetarliligi tamoyili quyidagi holatlarda yechim rasionalligini ta'minlaydi:
  • loyihani ishga tushirish bosqichlarining ketma-ketligini shakllantirish; ¾ tizim uskunalarining miqdoriy tarkibi va tuzilmasini aniqlash;


  • tashkiliy-boshqaruv tuzilmani tanlash;


  • ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligini rejalashtirish va shakllantirish;


  • imitasion modellashtirish natijalari bo'yicha texnikiqtisodiy ko'rsatkichlar samaradorligiga o'zgartishlar kiritish.


Boshqacha qilib aytganda, yirik loyihalarni amalga oshirishda, loyilalashtirishning taklif etilgan tamoyillari quyidagicha izohlanadi: loyihani amalga oshirishning har bir bosqichida yaratilayotgan texnologik va dasturiy-hisoblash resurslari, mahsulotning iqtisodiy samarali ishlab chiqarilishini kafolatlovchi, funksional to'lalik minimumiga ega bo'lishi lozim.


Shunday qilib, innovasiyaviy tadbirlar variantlarini tanlash uchun taqqoslanayotgan variantlar bo'yicha o'zgaruvchan qiymat qismlarini hisobga oladigan, taqqoslama iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
Bunday ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
  • keltirilgan xarajatlar;


  • innovasiyalarga kiritilgan qo'shimcha investisiyalarning qoplanish muddati;


  • innovasiyalarga kiritilgan qo'shimcha investisiyalarning samaradorlik koeffisienti.


Strategiyani tanlash – innovasiyaviy faoliyat muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi. Ro'y berayotgan o'zgarishlarni oldindan ko'ra bilmagan korxona inqirozga uchrashi mumkin.


Strategiya tanlash innovasiyaviy menejmentning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar uchun, yaxshi mahsulotga ega bo'lish yetarli emas, u o'z raqobatdoshlaridan orqada qolib ketmaslik uchun yangi texnologiyalarning paydo bo'lishini diqqat bilan kuzatib borishi va ularni o'z korxonasida joriy etishni rejalashtirishi zarur. Strategiya qaror qabul qilish jarayoni bilan birlashtirilgan bo'lishi mumkin. Har ikkala holatda ham maqsadlar (strategiya obyektlari) va vositalar mavjud bo'lib, ular yordamida qo'yilgan maqsadlarga erishiladi (qarorlar qabul qilinadi).



Yüklə 61,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin