«G'oyalar generatori» – bu novatorlik xodimlarning boshqa bir turi. Uning tavsifiy xususiyatlariga qisqa muddat ichida ko'p sonli original takliflarni ishlab chiqish, faoliyat sohasi va tadqiqot predmetini o'zgartirish, murakkab masalalarni yechishga
intilish, fikrlashdagi mustaqillik kabi xislatlarni kiritish mumkin. «G'oyalar generatori» sifatida faqatgina yetakchi olim va mutaxassislar emas, balki muhandislar, malakali ishchilar, funksional xizmatlar mutaxassislari ham xizmat ko'rsatishi mumkin.
«Axborot vositachilari» kommunikasion tarmoqlarning bog'lama nuqtalarida joylashgan bo'lib, ixtisoslashgan axborotni jamlaydi va o'tkazadi, ilmiy-texnik, tijorat va boshqa xabarlar oqimlarini nazorat qiladi. Ular eng yangi bilimlar va yetakchi tajribalarni yig'adi va tarqatadi, yangi mahsulot yaratish yoki korxonada tashkiliy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirishning turli bosqichlarida ijodiy faoliyatni axborot bilan ta'minlaydilar.
«Ishbilarmon farishtalar» – tavakkalchilikga ega loyihalarning investori sifatida chiquvchi shaxslar. Odatda, bu nafaqaxo'rlar yoki korxonaning katta yoshdagi xodimlari. Ulardan moliyalashtirish manbai sifatida foydalanishning qator ustunliklari mavjud. Ularning krediti ancha arzon, chunki jamg'armalardan farqli ravishda ularning xarajatlari kamroqdir.
Tashkilot iqtisodiy o'sish davrida ishga shtatdan tashqari ishchilarni qabul qilishi ham mumkin. Keyinchalik, ish faoliyati hajmi qisqarganda, birinchi navbatda vaqtinchalik xodimlar ozod etiladi.
Yangiliklarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnologik tayyorgarlikning asoslarida innovasiyaviy loyihaning maqsadlaridan biri, korxona haqiqatdan ham yuqoriroq sifatga ega bo'lgan yangi texnologik mahsulotlarni talab qilingan miqdorda ishlab chiqarish qobiliyatiga ega ekanligini potensial hamkorlarga isbotlashdan iboratdir.
Mana shunday yangiliklarni korxona darajasida yaratishda innovasiyaviy loyihaning asosiy vazifalari quyidagilar:
loyiha, innovasiya turi (qayta qurish, yangi texnologiyalarni joriy etish va h.k) asosiy maqsadlarini aniqlash va loyihakorxonaning umumiy maqsadlariga mos tushishini isbotlash;
loyihani amalga oshirishning konkret natijalarini bayonetish (sotuvlar hajmini X mln so'mga oshishi, X mln so'm miqdorida sof daromad olish; mavjud bozordagi korxona ulushini X foizdan Z foizgacha oshirish va h.k);
loyihani amalga oshirishda qo'yilgan maqsadlarga erishish bo'yicha korxona innovasiyaviy strategiyasini tanlash;
qabul qilingan innovasiyaviy strategiya doirasida amalga oshirish uchun muayyan tadbirlarni belgilash;
innovasiyaviy loyihani amalga oshirishda investorlar ishtirok etishining mumkin bo'lgan shakllarini belgilash;
loyihani amalga oshirish natijasida korxona tomonidan taqdim etiladigan mahsulot va xizmatlarning yangi turlarini belgilash;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
darajasini hisoblash;
qoplanishning taxminiy muddatini aniqlash;
innovasiyaviy loyihaning taxminiy hayotiy siklini hisoblash;
mazkur loyiha asosida korxonaning keyinchalik rivojlanishi istiqbollarini belgilash.
Mana shu yuqorida ta'kidlangan innovasiyaviy loyiha muayyan bozor va konkret iste'molchiga yo'naltirilgan. Korxona bozoridagi muvaffaqiyatning asosi bo'lib, tovarlar hayotiy siklini qisqartirish va iste'molchilar talabalarini o'zgartirish, hamda raqobat kurashining keskinlashuvi bilan bog'liq bo'lgan yangiliklarni, xususan yangi turdagi mahsulot va xizmatlar ustida uzluksiz ish olib borish xizmat qiladi.
Texnologiyalarni rivojlantirishda innovasiyaviy loyihalarni ishlab chiqishda, zamonaviy loyihalar, odatda, katta miqdordagi investisiyalarni talab qilishni hisobga olish lozim. Investisiyalar esa har doim ham mavjud emas. Shuning uchun ham investisiyalar masalasi murakkab hisoblanadi, chunki investisiyalarga ega bo'lish uchun loyihaning foydaliligi va samaradorligini isbotlab berish lozim. Bunda moliyalashtirish manbasi, uning hajmi, to'lovlar davriyligi va miqdorini tanlash asosiy hisoblanadi. Investorga yaratilayotgan loyihani tashkiliy texnikaviy darajasini tahlil qilib mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik ustunliklarini namoyish etish va asosiysi investor olishi kutilayotgan minimal va maksimal daromadlar istiqboli to'g'risida gap yuritish lozim. Ushbu ko'rsatkichlarning barchasini shunday taqdim etish lozimki, ular investorga o'z ta'sirini ko'rsatgan holda uni kapital qo'yilma amalga oshirish lozimligiga ishontirsin.
Innovasiyaviy loyiha yetarlicha tushunarli bo'lishi lozim, u bilan tanishga holda investorlar taklif etilayotgan dastur to'g'risida to'liq tushunchaga ega bo'lishlari va uning maqsadlarini anglab yetishlari lozim. Innovasiyaviy loyihaning tarkibi va batafsillik darajasi yangilik dastur o'lchamlari va u amalga oshiriladigan sohaga bog'liq bo'ladi. Misol uchun, qandaydir mahsulot ishlab chiqarish yoki tashkiliy texnologik innovasiyani kiritish nazarda tutilgan bo'lsa, innovasiyaviy dasturning pirovard mahsuloti va bu mahsulot bozorining murakkabliligi bilan belgilangan batafsil reja ishlab chiqilishi lozim. Innovasiyaviy loyihaning tarkibi, shuningdek, rejalashti rilayotgan bozor o'lchami, raqobatdoshlar mavjudligi va dastur natijalarini qo'llash istiqbollariga bog'liq bo'ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yangiliklarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnologik tomondan innovasiyaviy faoliyat rivojlanishini zamonaviy bosqichining o'ziga xos xususiyati yirik korxonalarda, yagona jarayonga tadqiqot va ishlab chiqarishni birlashtiruvchi, ilmiy-texnik majmualarning paydo bo'lishidir.
Innovasiyalarni turkumlashtiruvchi belgilarning asosiylari bu:
kategoriya va sinf. Kategoriya, mahsulot hayotiy siklining qaysi qismida innovasiya amalga oshirilishini aniqlaydi;
korxona faoliyatining pirovard mahsulotidagi innovasiyalar;
jarayonlar innovasiyasi – pirovard mahsulotni rivojlantirish, ishlab chiqarish va tarqatish usullariga tegishli;
proseduralar innovasiyasi – korxona tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini rivojlantirish uslublariga tegishli;
sikllar innovasiyasi – mahsulot hayotiy siklining bir nechta bosqichlarini yoppasiga rivojlanishi ( jarayon va proseduralarning o'zaro faoliyati).
Bunday turkumlashtirish nafaqat texnologiyalar‚ balki proseduralar, standartlar va yondashuvlarga ham nisbatan qo'llanilishi mumkin. Innovasiyalarni turkumlashtirishning ikkinchi belgisi bo'lmish – innovasiyalar sinfi – u yoki bu innovasiya tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar qanchalik katta ekanligini tavsiflaydi:
Dostları ilə paylaş: |