o'zgartiruvchi (inkremental) innovasiyalar – pirovard mahsulot, jarayon, hayotiy sikl sohalaridagi unchalik kata bo'lmagan o'zgarishlar;
yaxshilovchi (distinktiv) innovasiyalar – yangi texnologiya va yondashuvlarga asoslanmagan ammo ancha ustuvorlik va yaxshilanishni ta'minlaydi;
yorib o'tuvchi innovasiyalar – fundamental yangi texnologiya va yondashuvlarga asoslangan. Oldin mumkin bo'lmagan yoki noma'lum funksiyalarni yangi, oldingidan ustun usulda amalga oshirishga imkon beradi;
integrasiyalovchi innovasiyalar – innovasiyalar birinchi uchta sinfining o'zaro birlashuvidan foydalanadi. Integrasiyalovchi innovasiyalar innovasiyaviy jarayonning so'nggi bosqichini amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Yorib o'tuvchi innovasiyalar yaxshilovchi innovasiyalar sonining ko'payishi oqibatida yuzaga keladi, yaxshilovchi innovasiyalar paydo bo'lishiga esa o'zgartiruvchi innovasiyalar oqimi sababchi bo'ladi. Foydalanish sohasi kabi, innovasiyalarning kategoriyasi va sinfi ham faoliyat sohasi, korxona yoki bo'limning tutgan o'rnidan kelib chiqqan holda o'zgarishi mumkin. Misol uchun, Asaka avtomobil zavodi konveyeri uchun yorib o'tuvchi sanalgan innovasiya, ishlab chiqarish bo'limi uchun distinktiv innovasiya sanalashi mumkin.
Korxona ichidagi barcha narsa ushbu kartaning bir yoki bir nechta sohasi doirasida innovasiyalarga duch kelishi mumkin. Innovasiyaviy karta innovasiyalar va ularning maqsadlarini muzokara qilishda ham foydali, hamda ijodiy jarayonni yaxshilovchi vosita sanaladi.
1.3.Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning xususiyatlari
Innovatsiyaviy korxonaga mos tushuvchi texnologiyalar to’plami
Innovatsion ta’lim faoliyatining obyekti va subyekti sifatida
Loyiha boshqaruv obyekti sifatida
Innovatsiyaviy loyiha boshqaruvchilarining avtomatlashtirilgan ish joylari
Innovatsiyaviy texnologiyalar
Mutaxassislar tayyorlashning uslubiy ta’minoti
Innovatsiyalarni boshqarish nazariyasi
Innovatsiyalarni boshqarishning instrumental vositalari
Innovatsion jarayonlarni boshqarish muammosi
Yangiliklarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnologik tayyorgarlik asoslarida innovasiyaviy jarayonlarni boshqarish infratuzilmasini barpo etish masalasini to'rtta yo'nalishiga ajratgan holda ko'rib chiqish mumkin
1.3.1-rasm. Innovatsiyaviy jarayonlarni boshqarishning tuzilmaviy muammolari
Yangiliklarni ishlab chiqishda innovasiyalar texnologiyasini kiritishni batafsilroq ko'rib chiqaylik, bugungi kunga kelib har bir texnologiyani quyidagicha aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |