Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning asosiy vazifalari mundarija kirish


Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning



Yüklə 61,68 Kb.
səhifə9/10
tarix25.12.2023
ölçüsü61,68 Kb.
#194152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning-fayllar.org

2.2. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning
zamonaviy holati tahlili
Yangiliklarni ilgari surish uchun aniq ifodalangan strategiya juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Strategiya – raqobatdoshlarga nisbatan mazkur korxona salohiyati va kuchini mustahkamlashga qaratilgan, o'zaro bog'liq bo'lgan tadbirlar majmuidir. Boshqacha qilib aytganda, strategiya - qo'yilgan maqsadlarga erishishning batafsil, har tomonlama strategik rejalashtirish zaruriyatini tan olgan va uni faol joriy etayotgan korxonalar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu o'sibborayotgan raqobat bilan ham belgilanadi. Raqobat kurashida jon saqlash va g'olib bo'lish uchun faqatgina bugungi kun bilan yashash emas, balki mumkin bo'lgan o'zgarishlarni ko'ra bilish va rejalashtirish lozim. Izlanishlar, tadqiqotlar va innovasiyaviy faoliyatning boshqa shakllarini o'tkazish rejalarini ishlab chiqish strategiya tanlash bilan bog'liq.
Strategik rejalashtirish ikkita asosiy maqsadni ko'zlaydi.
Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu «ichki strategiya» deb nom olgan. Kapital, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi tarmoqlarda korxonalarni xarid qilish, istalmagan tarmoqlardan chiqib ketish, korxonalar samarali «portfelini» tanlash amalga oshiriladi.
Tashqi muhitga moslashish. Tashqi omillar (iqtisodiy o'zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyat va h.k) o'zgarishiga samarali moslashishni ta'minlash vazifasi qo'yiladi.
Strategik rejalashtirish ko'p sonli tadqiqotlarni amalga oshirish, ma'lumotlarni yig'ish va tahlil etishga asoslanadi. Bu bozor ustidan nazoratni yo'qotmaslikka imkon beradi. Bunda zamonaviy sharoitlar tezkor tarzda o'zgarishini ham hisobga olish lozim. Demak, strategiya shunday bo'lishi kerakki, lozim bo'lganda uni yo'qqa chiqarish mumkin bo'lsin. Strategiyani ishlab chiqish korxona umumiy maqsadini ifodalashdan boshlanadi. U har bir insonga tushunarli bo'lishi kerak. Maqsad qo'yilishi korxonaning tashqi muhit, bozor va iste'molchilar bilan o'zaro aloqalarida muhim rol o'ynaydi.
Korxonaning umumiy maqsadi quyidagilarni hisobga olishi lozim:
  • korxona faoliyatining asosiy yo'nalishi;


  • tashqi muhitdagi ish tamoyillari (savdo tamoyillari; iste'molchiga munosabat; biznes aloqalarni yuritish);


  • korxona madaniyati, uning an'analari, ish muhiti.


Maqsadni tanlashda quyidagi ikkita jihatni hisobga olish lozim: korxona mijozlari kimlar va u qanday ehtiyojlarni qondirishi mumkin.


Umumiy maqsad qo'yilgandan so'ng, strategik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi – maqsadlarni konkretlashtirishga o'tiladi. Misol uchun, quyidagi asosiy maqsadlar qo'yilgan bo'lishi mumkin:
  • daromadlilik;


  • bozorlar (savdolar hajmi, bozor ulushi, yangi liniyalarni joriy etish);


  • ish unumdorligi;


  • mahsulot (ishlab chiqarishning umumiy hajmi, yangi tovarlarni ishlab chiqarish yoki ayrim modellarni ishlab chiqarishni to'xtatish va b.);


  • moliyaviy resurslar (kapital hajmi va tuzilmasi; shaxsiy va qarz kapitalining nisbati; aylanma kapital hajmi va b.);


  • ishlab chiqarish quvvatlari, bino va inshootlar;


  • ITTKI va yangi texnologiyalarni joriy etish. Asosiy ko'rsatkichlar, texnologik tavsiflari, qiymati, joriy etish muddatlari;


  • tashkil etish – tashkiliy tuzilma va faoliyatdagi o'zgarishlar;


  • inson resurslari (ulardan foydalanish, harakati, o'qitish va h.k;


  • ijtimoiy mas'uliyat.


Muayyan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan raqobatbardosh ishlab chiqarish subyekti (korxona, firma), har bir muayyan vaqt oralig'ida, texnikaning uchta – kechagi, bugungi va ertangi (istiqbolli) – avlodiga mansub tovar ustida faoliyat yuritishi lozim.


Texnikaning har bir avlodi o'z rivojlanishida muayyan hayotiy siklni bosib o'tadi. Korxona t 1 dan t 3 ga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida, bir-birini ketma-ket o'rnini bosuvchi texnikaning uchta A, V, S avlodi ustida ish yuritsin. V mahsulotni ishlab chiqarish boshlanishi va o'sishi bosqichida (t1 davr) uni ishlab chiqarish xarajatlari katta, talab esa kichik, bunday holat uni ko'zlangan hajmda ishlab chiqarishni cheklaydi. Bir vaqtning o'zida A mahsulotni ishlab chiqarish hajmi yetarlicha katta, S mahsulot esa umuman ishlab chiqarilmaydi. V avlod mahsulotini ishlab chiqarish barqarorlashuvi bosqichida (t2 davr, to'yinish, balog'at va stagnasiya bosqichlari) uning texnologiyasi to'liq o'zlashtirilgan; talab yetarlicha katta. Bu ushbu mahsulotni maksimal hajmda ishlab chiqarish va undan eng katta daromad olish davridir. A mahsulotni ishlab chiqarish pasaygan va yana tushib bormoqda («b» diagramma). Ushbu funksiyalar bajarilishini yanada samarali ta'minlovchi, texnika yangi avlodining (S mahsulot) paydo bo'lishi bilan, V mahsulotga bo'lgan talab pasayishini kuzatish mumkin (t3 davr) – uni ishlab chiqarish hajmi va u olib kelayotgan daromad qisqaradi («v» diagramma), texnikaning A avlodi esa umuman yo'qqa chiqadi.
Korxona umumiy daromadining barqaror miqdori, bir-birini o'rnini bosuvchi mahsulotlar (texnika avlodlari) o'rtasida kuchlarni to'g'ri taqsimlanishi bilan ta'minlanib turibdi. Korxona fan-texnika siyosatini shakllantirish va amalga oshirishdan maqsad, aynan shunday taqsimotga erishishdir. Ushbu siyosatni optimallashtirish, bir-birini o'rnini bosuvchi va o'zaro raqobatdosh texnika avlodlarining texnik va texnologik imkoniyatlari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishni talab qiladi. U yoki bu texnik yechimni o'zlashtirish jarayonida, uning jamiyat ehtiyojlarini qondirish qobiliyati va iqtisodiy tavsiflari o'zgarib boradi, aynan shu holat texnika avlodlari rivojlanishining siklik xarakterini belgilab beradi.
Ammo, korxonaning raqobatdosh fan-texnika siyosatini shakllantirishdagi asosiy holat shundan iboratki, mahsulotni rivojlantirish va o'zlashtirish uchun mablag' qo'yish, bozordagi mustahkam o'rin sifatidagi real samara olishdan ancha oldin amalga oshirilishi lozim. SHuning uchun ham, fan-texnika siyosatni strategik rejalashtirish, texnika har bir avlodiga nisbatan uning hayotiy siklini barcha davrlaridagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va prognoz qilishni talab etadi. O'zlashtirish uchun taklif etilayotgan texnika avlodi qachon o'z rivojlanish cho'qqisiga chiqishi, qachon uni to'liq quvvatda o'zlashtirish va qachon ishlab chiqarishni to'xtatish lozimligini aniq bilish kerak.
Olimlar va mutaxassislarning tadqiqotlari asosida xulosa qilish mumkinki, ushbu sikllar o'rtasida, vaqt oralig'i orqali qandaydir statistik aloqa mavjud. Ushbu vaqt oralig'i texnik qaror paydo bo'lishi (yoki texnik g'oyani rasmiylashtirish, ro'yxatga olish va h.k) va ushbu g'oyani sanoatda maksimal hajmda qo'llash o'rtasida joylashgan bo'ladi. Ushbu munosabat tufayli korxonaning fan-texnika siyosati (FTS) fan va texnika rivojlanishining milliy va jahon tendensiyalarini batafsil kuzatib borishi kerak. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli uddalash uchun axborot oqimlarini tahlil qila olish kerak bo'ladi.
Fan va texnika rivojlanishining milliy va jahon tendensiyalarini axborotlar massivi tahlili asosida aniqlashning mavjud uslubiy apparatini quyidagicha tavsiflash mumkin:

Yüklə 61,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin