Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning-fayllar.org
Chet el investisiyalari deb, chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shuningdek, chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromad e'tirof etiladi.
Mamlakatimizdagi mavjud ichki resurslarimiz ko'lamini kengaytirish borasida Tiklanish va taraqqiyot fondining rolini kuchaytirish g'oyat muhim o'rin tutadi. Hozirgi vaqtda 6 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag'ga ega bo'lgan ushbu Fond strategik muhim investisiya loyihalarini xorijiy investorlar bilan birgalikda moliyalashtirishda yetakchi sheriklardan biri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Bu loyihalar sirasiga, eng avvalo, Surgil koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini barpo etish, Qalmoqqir konini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug'-gaz moslamasini qurish, YAngi Angren issiqlik elektr stansiyasining beshta energiya blokini yil davomida ko'mir asosida ishlash tizimiga o'tkazish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining misni boyitish fabrikasini rekonstruksiya qilish va boshqa loyihalar kiradi. Fondning xorijiy sheriklar bilan birgalikda investisiya loyihalarini moliyalashtirish borasidagi samarali hamkorligiga misol sifatida Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida umumiy qiymati 1 milliard 280 million AQSH dollarilik ikkita bug'-gaz moslamasini qurish loyihasini keltirish mumkin.
Ushbu loyihani amalga oshirishda O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondidan tashqari Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik a gentligi kabi xorijiy sheriklar investor sifatida ishtirok etmoqda.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chet el investisiyalarini jalb qilishning kengayib borishi darajasiga qarab, investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, bevosita chet el investisiyalarini yangi innovasion loyihalarga, shuningdek, xususiy tadbirkorlik subyektlarining katta qismini investisiya faoliyatiga jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunda chet el investisiyalari oqimini rag'batlantirish, shu bilan birga, milliy iqtisodiyot subyektlarining bu faoliyatda ishtirok etishini taqdirlash muhim o'rinda turadi.
O'zbekiston va Rossiya qishloq xo'jaligi mahsulotlarini hamkorlikda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo'ljallangan qo'shma korxonalarni ishga tushiradi. Bu kelishuvlarga sanksiyalar bosimi ostida qolayotgan Rossiyaning ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojining keskin oshib borayotgani sharoitida erishilgani e'tiborga sazovor. Rossiyaning O'zbekiston meva va sabzavotiga ehtiyoji oshmoqda O'zbekiston bilan qo'shma korxonalarni ishga tushirish masalasi Rossiya uchun o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda Meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga mo'ljallangan uskunalarni ishlab chiqarishga qaratilgan Rossiya-O'zbekiston qo'shma korxonalarini yaratish ikki taraflama hamkorlikning yaqin yillardagi muhim masalalardan biri bo'lib qolishini ta'kidladi. Toshkentda o'tkazilgan AgroExpo-2014 xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasi davomida., shuningdek 26 noyabr kuni O'zbekiston poytaxtida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiya yig'ilishi natijalari borasida ham ma'lumot berilgan. Ikki taraflama imzolangan yakuniy protokolga binoan, O'zbekiston hududida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha kompakt uskunalar va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarni ishga tushirish uchun Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda Mashinasozlar, oziqovqat va qayta ishlash uskunalari ittifoqi takliflarini kiritgan. Hukumatlararo uchrashuvda 2015 yilda tegishli davlat idoralari O'zbekiston fuqarolarini Rossiya Federasiyasi hududida “tartibli ravishda mehnat faoliyatiga jalb qilish” borasida kelishuv ham imzolandi. Shu asosda Respublikamizda 987,5 ming kishi ish bilan ta'minlanadi. O'zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rasmiy sayti aholini 2015 yilga ish joylari bilan ta'minlash dasturi doirasida chet eldan qaytib kelayotgan mehnat muhojirlari uchun asosiy ish joylari mamlakatning 7 mintaqasida barpo etilishi ko'zda tutilganini xabar qilinib... “Dastur doirasida kelgusi yilda hududlar va yo'nalishlar bo'yicha 261,6 mingta ish o'rni tashkil etish va 725,9 ming kishining bandligini ta'minlash choratadbirlari ko'riladi. Umuman olganda, dasturning bajarilishi 987,5 ming nafar kishining ishga joylashtirilishiga ko'maklashadi”, deyiladi