Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi



Yüklə 354,5 Kb.
səhifə1/8
tarix10.06.2023
ölçüsü354,5 Kb.
#127966
  1   2   3   4   5   6   7   8
QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

QISHLOQ XO’JALIGIDA YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


Reja:


1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.

2. Yerdan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.

3. Yer to’g’risidagi me’yoriy hujjatlar. Yer monitoringi va davlat yer kadastri.

4. Qishloq xo’jaligida yer resursidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish yo’llari.



1. Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.
Yer tabiat mahsuli bo’lib, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyatga ega. Chunki u mazkur tarmoqning asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Yerga urug’, ko’chat ekib, ishlov berish natijasida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Demak, tarmoqda yetishtiriladigan barcha turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda olinadi. Ingliz iqtisodchisi Uilyam Petti yer resursiga “yer barcha boyliklarning onasidir” - deb ta’rif bergan.
Yerdan foydalanishda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir:

  1. yerning tabiat mahsuli ekanligi. Boshqa asosiy vositalar, ya’ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar va boshqalar inson mehnatining mahsulidir. Zaruriyat bo’lganda ular inson tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin, lekin yerni inson yarata olmaydi;

  2. yer maydonining cheklanganligi va takror ishlab chiqarilmasligi. Ona zamin tabiatan cheklangan, uning maydonini inson kengaytira olmaydi. Chunki u tabiat mahsuli hisoblanadi. Boshqa asosiy vositalarni, masalan traktorlarni, mashinalarni talabni qondirish maqsadida ko’plab ishlab chiqarish mumkin;

  1. yer – qishloq xo’jaligining abadiy ishlab chiqarish vositasidir.

Respublika hududida mavjud bo’lgan yerlardan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishda bizdan oldingi avlodlar foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi. Jamiyat rivojlanishi natijasida ayrim ishlab chiqarish vositalari takomillashtirilishi natijasida o’z o’rnini boshqasiga bo’shatib beradi. Masalan, bir paytlar yerni shudgorlashda qoramollar va omochdan foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik fan-texnika taraqqiyoti natijasida qudratli traktorlar va pluglar ularning o’rnini egalladi. Lekin yer qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida abadiy qolaveradi, chunki uni boshqa vosita bilan almashtirib bo’lmaydi;

  1. yerni qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmasligi. Yerdan joylashgan o’rnida oqilona foydalanish mumkin. Lekin ishlab chiqarish vositalari bo’lgan mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin;

  2. yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligining mavjudligi. Asrlar davomida tashqi ta’sirlar, ya’ni quyosh nuri, yog’ingarchilik, chirindilar tushishi va boshqalar ta’sirida yerning tabiiy unumdorligi shakllanadi. Tuproqning tabiiy unumdorligi - tabiat mahsulidir. U tabiatning ta’siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog’ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlarning ta’siriga bog’liqdir. Sayyoramizdagi yerlarning tabiiy unumdorlik darajasi turlicha bo’ladi. Agar tuproqqa vaqtida ishlov berilsa, o’g’itlansa, uning unumdorlik darajasi ortib borish xususiyatiga ega. Lekin boshqa asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan eskiradi. Ular vaqt o’tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Lekin yerdan oqilona, samarali foydlanilsa, u yaroqsiz holga kelmaydi, unumdorligi oshib borishi mumkin. Ammo bu, uning unumdorligi cheksiz oshib borishini anglatmaydi. Shunday ekan, yerning unumdorligidan tadbirkorlik bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Yer Kodeksining 8-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:

  1. qishloq хo’jaligiga mo’ljallangan yerlar - qishloq хo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq хo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraхtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi;

  2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari - shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar - ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaхslarga berilgan yerlar;

  4. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;

  5. tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tariхiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

  6. o’rmon fondi yerlari - o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon хo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

  7. suv fondi yerlari - suv obyektlari, suv хo’jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

  8. zahira yerlar.

O’zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. 2020-yil 1-yanvar holatiga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilar ixtiyoridagi yer maydoni 20761,6 ming gektarni tashkil etgan (1jadval).
1-jadval Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilar ixtiyorida bo’lgan yerlar tarkibi, 2020-yil 1-yanvar holatiga, ming gektar


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
bilan shug’ullanuvchilar ixtiyorida bo’lgan jami maydon

Shundan:

Qishloq xo’jaligi yerlari

Tomorqa sifatida
foydalaniladigan yerlar

Boshqalar
(o’rmonzor va
boshqalar)

O’zbekiston Respublikasi

20761,6

16025,6

644,6

4091,4

Qoraqalpog’iston Respublikasi

3260,3

2200,0

40,4

1019,9

Andijon

363,7

249,7

43,4

70,6

Buxoro

3441,7

2582,0

56,9

802,8

Jizzax

1400,7

1139,1

31,1

230,5

Qashqadaryo

2322,7

1944,1

73,8

304,8

Navoiy

4501,8

3988,7

24,3

488,8

Namangan

490,0

279,6

47,4

163,0

Samarqand

1476,4

1201,6

79,5

195,3

Surxondaryo

1357,1

1000,3

58,4

298,4

Sirdaryo

370,2

281,6

17,3

71,3

Toshkent

778,2

584,5

55,7

138,0

Farg’ona

561,1

313,8

65,0

182,3

Xorazm

437,7

260,6

51,4

125,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
O’zbekiston Respublikasining yer fondi Kadastr agentligi tomonidan har yili 1-yanvar holati bo’yicha korxona, muassasa va tashkilotlarning yerlaridagi barcha o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar, xo’jaliklar tomonidan yer hisobi hujjatlari asosida tuzilgan hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo’yicha umumlashtirish natijasida tuziladi.
2020-yil 1-yanvar holatiga ko’ra, qishloq xo’jaligi korxonalari va tashkilotlari yerlarning umumiy maydoni mamlakatimiz yer fondining 46,2 foizini tashkil qiladi.
2-jadval Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi yerlarning tarkibi (1 yanvar holatiga, ming gektar)


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar
ixtiyoridagi yer maydoni




shu jumladan:




haydaladigan yerlar

ko’p
yillik
o’simlik- lar

pichanzor va
yaylovlar

boshqa
yerlar

2017

20174,0

4014,8

371,2

11020,6

4767,4

2018

20261,6

3999,0

376,8

11091,5

4794,3

2019

20236,3

3988,5

383,1

11028,3

4836,4

2020

20761,6

3998,5

388,7

11559,7

4814,7

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2020-yilda 2017-yilga nisbatan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar ixtiyoridagi yer maydoni 587,6 ming gektarga ko’paygan. Shu davrda haydaladigan yerlar 16,3 ming gektarga kamaygan, ko’p yillik o’simliklar maydoni 17,5 ming gektarga, pichanzor va yaylovlar maydoni 539,1 ming gektarga, boshqa yerlar esa 47,3 ming gektarga ko’paygan.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yerlar muhim ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimiz iqlim sharoitida dehqonchilik asosan sug’oriladigan maydonlarda amalga oshiriladi. Turli mavsumlarda yog’ingarchiliklar ko’rinishida tushadigan tabiiy namgarchilik darajasi o’simliklarning butun vegetatsiya davri davomida suvga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirmaydi. Shu sababli mamlakatimizda dehqonchilik mahsulotlari asosan sug’oriladigan ekin maydonlaridan olinadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2020-yil holatiga mamlakatimizda 4210,1 ming gektar sug’oriladigan yerlar mavjud bo’lib, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning 20,3 foizini tashkil etadi. So’nggi 15 yil mobaynida aholi jon boshiga sug’oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektarga) kamaygan. Mazkur holat aholi sonining o’sishi, suv ta’minoti hajmining qisqarishi va qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning boshqa yer toifalariga o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Bu mamlakatimizda mavjud sug’oriladigan maydonlardan samarali foydalanish lozimligini anglatadi. 2020-yil holatiga jami qishloq xo’jaligi yerlari tarkibida sug’oriladigan yerlarning ulushi ko’rsatkichi bo’yicha Farg’ona (95,1 foiz), Sirdaryo (93,4 foiz), Andijon (92,6 foiz), Xorazm (84,2 foiz) va Namangan (83,2 foiz) viloyatlari yuqori ko’rsatkichga ega bo’lsa, Buxoro (8,8 foiz) va Navoiy (2,7 foiz) viloyatlari eng past ko’rsatkichga ega. Surxondaryo viloyatida esa ushbu ko’rsatkich 27,0 foizni tashkil etgan. Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi qishloq xo’jalik yerlari tarkibida yaylovlar asosiy salmoqni egallaydi.
Mamlakatimizda sug’oriladigan yerlar to’g’risidagi ma’lumotlar 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval Sug’oriladigan yerlar, barcha toifadagi xo’jaliklarda, ming gektar



Yüklə 354,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin