Qisqacha xulosalar Yer qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasidir. Chunki qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish bevosida yerda amalga oshadi. Yer resurslaridan yil davomida to’liq va samarali foydalanish tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Yer resurslaridan to’liq va samarali foydalanganlik darajasini ma’lum bir ko’rsatkichlar tizimi yordamida tahlil etish lozim.
Kelajakda yer resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun tuproq unumdorligini, sug’orish tizimini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar o’z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash zarur. Mamlakat miqyosida yer monitoringi va kadastri talab darajasida amalga oshirilishini ta’minlash kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
Yer resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati nimadan iborat?
Yer resursining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Yer resursining tarkibi nimalardan iborat?
Yer resurslaridan foydalanish holati hamda samaradorligiga baho berishda qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi?
Yer resurslari bo’yicha mamlakatimizda qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilingan?
Yer monitoringining mazmuni nima?
Yerning me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi qanday?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Abdug’aniyev A.A., Abdug’aniyev A.A. Qishloq xojaligi iqdisodiyoti. Darslik. - T: “Adib Nashriyoti”, 2011. – 400 b.
David L. Debertin. Agricultural Production Economics Textbook. 2nd ed. Published by McMillan. University of Kentucky, USA. 2012.
Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A., Dehqonova N.S., Ahmedova V. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. –T.: TDAU, 2015. 174 b.
Samatov G’.A, Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Darslik. –T.: “Cho’lpon” nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. -320 b.
Umurzoqov O’.P, Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti. Oquv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-Moliya”, 2008. -264 b.
Murtazayev O, Ahrorov F.B. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik.