Nazorat savollari 1. Dorixonada in’eksion eritmalar qanday sharoitda
tayyorlanadi?
2. Dorixonada qaysi dori shakllari aseptik sharoitda
tayyorlanadi?
3. In’eksion eritmalarga qo‘yiladigan talablarni
keltiring
4. In’eksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladigan
dorivor moddalarga qanday talablar qo‘yiladi?
5. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv qanday olinadi?
6. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv qanday talablarga javob berishi shart?
7. In’eksiya uchun ishlatiladigan suv qanday saqlanadi?
8. In’eksion eritmalar tayyorlash texnologik jarayoni
qanday bosqichlardan iborat?
9. In’eksion eritmalar qanday usul bo‘yicha tayyorlanadi?
Og‘irlik, og‘irlik — hajm, hajmiy.
10. In’eksion eritmalar mexanik zarrachalardan qanday
tozalanadi?
11. In’eksion eritmalarda mexanik zarrachalar bor-yo‘qligi
qanday aniqlanadi?
12. In’eksion eritmalar qanday sterillanadi?
13. Тez oksidlanuvchi modda eritmalari qanday barqarorlanadi?
14. Kuchsiz asos kuchli kislotadan tashkil topgan tuz
eritmalari qanday barqarorlashtiriladi?
15. Kuchli asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuz
eritmalari qanday barqarorlashtiriladi?
16. Dorixona sharoitida glyukoza eritmasi qanday
tayyorlanadi?
17. In’eksiya uchun tayyorlanadigan natriy gidrokarbonat
eritmasi qanday tayyorlanadi?
18. Тermolabil moddalar eritmasi qanday tayyorlanadi?
19. In’eksion eritmalar sifati qanday baholanadi?
20. Izotonik eritmalarga qanday talablar qo‘yiladi?
21. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari.
22. Fiziologik eritmalar va ularga qo‘yiladigan talablar.
23. In’eksion eritmalarni saqlash va bezash qoidalari.
KO‘Z DORI SHAKLLARI ТOPSHIRIQ:
1. Ko‘z tomchilarini tayyorlash:
a) dori preparatini eritish;
b) konsentratlardan foydalanish.
2. Ko‘z namlamalarini tayyorlash;
3. Ko‘z surtmalarini tayyorlash.
Ko‘z dorilari tomchi, namlama va surtma dori shaklida ishlatiladi.
Ko‘z shilliq pardasining tashqi ta’sirga sezgirligini hisobga olgan holda, ko‘z dorilariga qator talablar qo‘yiladi: ular turli mexanik aralashmalardan tozalangan, izotonik, turg‘un va steril bo‘lishi kerak.
Ko‘z dori shakllari aseptik sharoitda boks xonada, sterillangan idish, steril erituvchi va yordamchi vositalardan foydalangan holda tayyorlanadi. Ayrim ko‘z tomchilari sterillanadi.
Eritmalarni sterillash ko‘rsatmasi XI DFda, O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chiqarilgan 195, 198-sonli buyruqlarda va in’eksion eritmalarni sterillash jadvalida keltirilgan.
Ko‘z tomchilarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma XI DF ning umumiy maqolasida keltirilgan («Ko‘z tomchilari» 138-bet).