O’QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA
TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Nurmamatov Zuxriddin Shavkat o’g’li
Termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi.
e-mail: zuxriddinbekjon@umail.uz
Annotatsiya:
Maqolada
bo’lajak
texnologiya fani o’qituvchilarini
innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar :
Texnologiya, o’qituvchi, innovatsiya, faoliyat, tayyorlash.
***
Резмю:
В статье описан процесс подготовки будущих учителей-
технологов к инновационной деятельности.
Ключевые слова:
технология, учитель, инновации, деятельность,
обучение.
***
Annotation:
The article describes the process of preparing future technology
teachers for innovative activities.
Keywords:
Technology, teacher, innovation, activity, training.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya
tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon
andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari,
jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash,
ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish,
yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish
borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 20
apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi
Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan
ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani
bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali
mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning 9
darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va
ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan.[2]
Bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish,
pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikmalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash
texnologiyasi, bugungi kunda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar
u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan,
yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo)
foydalanishni anglatar ekan, mos ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy,
ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa
turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi inson faoliyati sohalari kabi rang-
barang va turli-tuman ko’rinishga ega. Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush
tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni
taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: |