Qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 39,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü39,22 Kb.
#173232
1   2   3   4
6085-Текст статьи-15189-1-10-20220610

Innovatsiya
(ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika 
va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga 
sarflangan mablagʻlar; ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan 
texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi 
yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida 
qoʻllanilishi.[7] 
Ta`lim texnologiyasi
- Innovatsion texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash 
uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim 
shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan 
holda, dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, 
qo’llash va belgilashning tizimli usuli. Bugungi kunda ilmiy va ommabop 


adabiyotlarda «Innovatsion texnologiya» tushunchasini ta`riflashda turli xil 
tasniflarni uchratishimiz mumkin. O’zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: 
«Innovatsion texnologiya- bu o’qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o’qitish (tarbiya) 
vositalari yordamida o’quvchilarga ta`sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida 
ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir»
«
Innovatsion texnologiya
- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta`lim 
shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob`yektiv baholash uchun inson 
salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta`sirini inobatga olib, ta`lim 
maqsadlarini oydinlashtirib, o’qitish va bilim o’zlashtirish jarayonlarida 
qo’llaniladigan usul va metodlar majmuidir». U Innovatsion texnologiyaga ta`lim 
usuli, ma`lum ma`noda ta`lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari 
majmui deb qaraydi. «Innovatsion texnologiya ta`lim-tarbiyaning ob`ektiv 
qonuniyatlari, diagnostik maqsadlar asosida o’quv jarayonlari, ta`lim-tarbiyaning 
mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir», -deb 
ta`rif beradi. Innovatsion texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning 
har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va 
vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli 
matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar 
va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab 
chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv 
baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.[8] 
Innovatsiya
– bu u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish 
maqsadida yangi texnika-texnologiyalarni yaratish, ish faoliyatni boshqarishning 
takomillashgan usul va shakllarini ishlab chiqish hamda ularni joriy etishga 
qaratilgan ilmiy-ijodiy faoliyat natijasi. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida 
samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, 
ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo) foydalanishni anglatar ekan, mos 
ravishda innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy, 
ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi 


inson faoliyati sohalari kabi rang-barang va turli-tuman ko’rinishga ega. 
Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush tarzi, salomatligini himoyalash, ilmiy 
salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu munosabat bilan 
innovatsiyalardan keng va samarali foydalanish. 

Yüklə 39,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin