o’quv faoliyatining subyekti sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi
pedagogik jarayonning subyektlari sifatida tenglashib,
hamkorlik pedagogikasi
jarayoni hosil bo’ladi. Ular o’zaro hamkor, hamdo’st, hamijodkor, hamishtirokchi,
hamdard, hamboshqaruvchi bo’ladilar. Hamkorlik munosabatlario’qituvchilar
orasida, ma’muriyat bilan o’quvchilar va o’qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar,
ota-onalar, jamoatchilik orasida ham o’rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi
o’quvchining ta’lim-tarbiya olish, motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda
o’quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini
amalga tatbiq qilgan,
holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlikda o’qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
—o’quvchining o’rganish jarayonini boyitadi:
—o’quvchilarga ular o’rtasida taqsim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar
to’plamini beradi;
—o’quvchilarda materialni o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi;
—o’quvchilarning o’z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini
shakllantirish
imkoniyatlarini kengaytiradi;
—axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
—o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro
munosabatlarni oldinga suradi.
Xulosa qilib aytganda Texnologiya fani darslarida hamkorlikda o’qitish
texnologiyalarini bosqichlari va vazifalari. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari
hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan bo’lar ekan. U an’anaviy
pedagogikadan quyidagicha farqlanib, barchasi innovatsion faoliyatni yaxshilashga
qaratilgan ishlar jamlanmasidir.