Hindiston (rasman: Hindiston Respublikasi — Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3 214 km, gʻarbdan sharqqa 2 933 km choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, gʻarbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni — 3,3 million km2. Aholisi — 142627663 kishi (2023). Poytaxti — Nyu-Dehli. Maʼmuriy jihatdan 28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududga bo‘linadi.

Davlat tuzumi Hindiston — federativrespublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950-yil 26-yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yil 25-iyuldan Droupadi Murmu). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata — Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa) dan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.