Qiyosiy tahlil Tayyorladi: Olimova Maftuna



Yüklə 201,64 Kb.
səhifə3/7
tarix28.09.2023
ölçüsü201,64 Kb.
#150299
1   2   3   4   5   6   7
Hindiston ta`lim tizimi va qiyosiy tahlil

Aholisi

Aholisi

  • Hindiston — dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubda, asosan, dravid tillarida, shimoliy va Shimoli-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

TARIXI
Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi — 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (qarang Xarappi madaniyati). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327-325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolda yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi — sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2-4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6-12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimoldagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi.

Yüklə 201,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin