2.1.Qiz bolalar ko’ylaklarni tikish texnologiyasini ishlab chiqish O‘zbekcha kiyimning ko’p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoitimiz, turmushimiz ko’zda aks etadigandek topgan.
O’zbekcha ayollar kostyumi yangi zamonga, yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishida davom etdi. Moda "shabadasiga" asoslanib ayollarning an’anaviy ko’ylagiga har xil zamonaviy o’zgarishlar kiritiladi.
Milliy kiyim va zamonaviy kostyumlarda xalq san’ati motivlarini qo’llash xozirgi kunda bu sohaning xodimlariga ancha vaziyat berdi. Bugun milliy urf-odatlarni, qadriyatlarni tiklash uchun milliy kiyimga, uni zamonaviy elementlar bilan bezashga (kashta tikish: zarduzlik, patduzlik), zamonaviy moda yunalishiga asoslangan holda yo’l berildi.
Moda bir o‘rinda to’xtab turmay, kundan kunga yangilashadi, o‘zgaradi, qaytib keladi. Lekin, bu modellashtirish va badiy bezash asosida rivojlanadi va ruyobga keladi.
Shuning uchun milliy ko’ylaklarni tikishda zamonaviy kiyim elementlarini qo’llashda nimalarga e’tibor berish, qanday tikish texnologiyalarini qo’llash lozimligini aniqlash lozimdir:
Ko’ylaklarga kashta choklari bilan bezak berish. Kiyimlar qadim qadimdan kashta choklari bilan bezab kelinadi, Lekin kashta chok bilan bezak berishda xar doim ham kiyim tashqi ko’rinishiga zeb bermaydi. Chunki kiyimga kashta chok solishda uni texnologiyalariga, rang tasvir qoidalariga, kishi salohiyatiga e’tibor berish lozim bo’ladi. Ayrim tikuvchilar bu kashta xozir modaga kirgan deb barcha kiyimlarga ham uni tikaveradi. Kiyimni tashqi ko’rinishini ochgan bilan kiyimni kim kiyganiga qarab kashta chok bezagini tanlash zarur xisoblanadi. Kiyimga kashta chok solishda qo’yidagilarga e’tiborni qaratish lozim deb topamiz:
-kiyimga kashta chok bilan bezak berishda kashta gullarini kiyim gazlamasi gullariga moslash, gazlama gullarini bug’masdan uni yanada yorqinroq, chiroyloroq qilib ko’rsatadigan gul elementlarinin tanlash;
-kashta gullarini rangini tanlashda gazlama gullarini ranglaridan birini tanlash yoki gazlama gullarini ochadigan ranglarni tanlash lozim;
- agar gazlama gulsiz sidirg’a rang bo’lsa kashta gullarini rangini gazlama rangini ochadigan, yoshi katta kishilar uchun bo’lsa sal siporoq rangni tanlash lozim;
-kashta ornamentini kiyimni qayerda kiyilishiga qarab tanlash lozim, masalan kiyim to’ylarga mo’ljallangan bo’lsa kashta ornamentlari to’laroq bo’lishi kerak, agar kiyim odatiy kiyiladigan bo’lsa gullari siyrakroq bo’lishi lozim qo’yida kashtalar bilan bezatilgan ko’ylak namunalarini keltiramiz;
-kiyimga kashta chok bezagini tanlashda albatta kishini yoshi, tashqi ko’rinishi, kiyimni qayerda kiyishi, kim kiyishiga e’tiborni qaratish lozim. Yoshi katta kishilarga mo’ljallansa sal rangsizroq, oddiroq kashtalarni tanlash kerak. yoshlarga, kelinlarga kiyim tikishda kashta gullari yorqinroq, rang-barang bo’lishini ko’zda tutuish lozim.
- milliy ifrixorimiz bo’lmish atlash gazlamadan tikiladigan kiyimlarga kashta chok bilan bezak berish yanada e’tiborliroq bo’lishlikni talab etadi. Chunki bilasizki atlasda kamalak ranglarini barchasi mujassam bo’lim. Noto’g’ri rang va kashta ornamenti tanlansa atlasni tashqi ko’rinishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
-atlasdan tikilgan kiyimlarga kashta chok bilan bezakk berishda yaltiroqligi kam bo’lgan iplarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
7-rasm. Kashta chok bilan bezatilgan milliy ko’ylak namunalari.