Qizamiq Qizamiq



Yüklə 18,92 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü18,92 Kb.
#207545
1   2
Qizamiq

Diagnostikasi. Qizamiqning tipik formalarda diagnoz qo'yish deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi. Kasallikning mitigirlangan formasida diagnoz qo'yishda qiyinchilik bo'lishi mumkin, bunda qizamiqni awalo qizilchadan ajratib olish (defferentsiatsiya qilish) gato'g'ri keladi.
Hamshiralik tashxislari. Tana haroratining ko'tarilishi, bosh og'rig'i, yorug'likka qaray olmaslik, burun orqali nafas olishning qiyinlashuvi, burun qonashi, qorin og'rig'i, ichning surilishi, talvasalar, uyqusizlik va boshqalar.
Davolash va parvarish qilish. Qizamiqda toza havodan ko'proq bahramand bo'lish (xonani tez-tez shamollatib turish), vaqtida ovqatlanish (hamisha bir vaqtda) katta ahamiyatga ega. Ovqat yengil singiydigan, A, VI, S vitaminlarga boyitilgan bo'lishi, hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan bolalarni imkon qadar ko'krak berib boqish, ularga meva va sabzavot suvlari berib turish lozim.
Qizamiqning o'tkir davrida ko'z va og'iz bo'shlig'iga diqqat bilan qarab borish kerak. Ko'zga kuniga 1 - 4 mahal 1 - 2 tomchidan steril baliq moyi yoki vazelin moyi tomizib turish, ertalab va kechqurun ko'zni furatsillin eritmasi yoki moychechak damlamasi bilan yuvib turish kerak. Ovqatdan keyin har safar og'izni chayqash yoki bolaga suv ichirib yuborish tavsiya etiladi. Og'iz va burunni artish mumkin emas. Burunga dog' qilinib, sovutib qo'yilgan o'simlik moyi yoki vazelin moyi, ko'p shilimshiq kelganida esa sanorin, naftizin eritmasi tomizib turiladi.
Kasallikning boshidan oxirigacha askorbinat kislotasi 0, 1 0, 2 g dan kuniga 2 -3 mahal, 0, 005 g dan kuniga 2 mahal vitamin VI (ichish uchun), kuniga 1 -2- 3 tomchidan vitamin A berib boriladi. -
Badan terisini toza tutish maqsadida gigienik vannalar, sochiq ho'llab badanni artib turish, yuvinib turish tavsiya etiladi.
Qolgan davo choralari kasallikning patogenetik simptomlariga qarab olib boriladi, shuningdek, asoratlar va yo'ldosh kasalliklarning ham oldini olish choralari ko'riladi.
Profilaktikasi. Umumiy chora-tadbirlar sifatida kasallik haqida tezda xabar berish, o'zaro xabarlashib turish, birdan kasal bo'lib qolganlarning hammasini boshqalardan ajratib qo'yish, ularni davolab borish, barcha davolash-profilaktika muassasalariga bolalarni qabul qilish ishini to'g'ri tashkil etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Maxsus chora-tadbirlar jumlasiga qizamiqqa qarshi zardob-gamma-globulin emlash (seroprofilaktika qilish) kiradi, qizamiq bilan og'rigan bemorga kasallikning yuqumli davrida yaqin yurgan, qizamiq bilan og'rimagan 3 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarning hammasi va yoshidan qat'iy nazar, zaiflashib qolgan bolalar, aktiv immunizatsiya qilinmagan bo'lsa, ana shunday zardob bilan emlanadi. Kasal bolalar va rekonvalestsentlarga ham, yoshidan qat'iy nazar, gamma-globulin bilan profilaktika o'tkazish shart. 1, 5-3 ml miqdoridagi gamma-globulin sonning yon yuzasiga yoki dumbaning ustki tashqi kvadratiga muskullar orasidan yuboriladi. Preparat 3-4 hafta ta'sir ko'rsatib turadi: uni yuborishga yo'l qo'ymaydigan moneliklar yo'q. Qizamiq kasalligi paydo bo'lganida bu kasallik bilan hali og'rimagan bolalarga 3-4 haftadan keyin qo'shimcha yana 2 ml gamma-globulin yuboriladi.
Hozirgi vaqtda qizamiq bilan og'rimagan bolalarni 15-18 oyligida zaiflashtirilgan tirik qizamiq vaktsinasi bilan emlab, aktiv immunizatsiya o'tkaziladi. Bunda erituvchi bilan suyultirilgan 0, 5 yoki 0, 2 ml miqdoridagi vaktsina bir marta teri ostiga yoki teri ichiga yuboriladi. Ba'zi bolalarda vaktsinatsiyadan keyin tana haroratining ko'tarilishi, kiamikka o'xshash bir oz toshma toshishi, burun-halqum katari, kon'yuktivit ko'rinishida reaktsiya bo'lib o'tishi mumkin.
Biror infektsiyaga, jumladan qizamiqqa qarshi ehtiyotdan emlangan bolalar oradan kamida 2 oy o'tganidan keyin boshqa qanday bo'lmasin biror kasallikka qarshi emlanishi mumkin.
Davo yoki profilaktika maqsadida bolaga gamma-globulin ishlatilganidan keyin oradan kamida 2 hafta o'tkazib, unga qizamiq vaktsinasini qo'llashga ruxsat etiladi. Tirik qizamiq vaktsinasi yuborilganidan keyin oradan kamida 2 hafta o'tkazib turib, gamma-globulin buyurish mumkin.
Yüklə 18,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin