Psixolo-giyaning metodologik asosining ko`rsatishicha, qobiliyatlar — imko-niyatlar tizimidan tashkil topgan bo`lib, u yoki bu faoliyatidagi za-ruriy mahorat darajasi haqiqat hisoblanadi. Insonda namoyon bo`la-yotgan tasviriy san`at qobiliyati uning rassom sifatida shakllani-shiga kafolat bera olmaydi. Rassomlikni egallashi uchun maxsus ta`-lim berilishi, tabiatga o`zgacha munosabati, idrok qilish xayoloti, shaxsiy fazilati, salomatligi, matolar, mo`yqalamlar, bo`yoqlar, mos-lama asboblar va boshqalar muhayyo bo`lishi lozim. Ta`kidlab o`tilgan vositalar, shart-sharoitlarsiz tasviriy san`at qobiliyatlari taraq-qiy etmay turiboq, ilk ko`rinishidayoq so`na borishi mumkin. Ijti-moiy-tarixiy taraqqiyot pallasida bunday hodisalar son-sanoqsiz bo`lib o`tganligi hech kimga sir emas, albatta.

Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabha-lari bo`lmish bilim, ko`nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e`tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro`yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko`rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm so-lishga hali o`rganmagan bo`lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning mala-kalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san`atga nisbatan qobi-liyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o`rin ham yo`q. Bularning bar-chasi bo`lg`usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatla-rini qanchalik tez va oson o`zlashtirishida hamda borlikdagi go`zal-likni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi.