Psixologik ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xu-susiyatli fikrni alohida ta`kidlab o`tish talant tuzilishini yengil-roqtushunish imkoniyatini yaratadi
Psixologik ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xu-susiyatli fikrni alohida ta`kidlab o`tish talant tuzilishini yengil-roqtushunish imkoniyatini yaratadi:
Psixologik ma`lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xu-susiyatli fikrni alohida ta`kidlab o`tish talant tuzilishini yengil-roqtushunish imkoniyatini yaratadi:
talant — bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab bi-rikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xo-tiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o`lchab bo`lmaydi;
shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga ki-ruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o`rnini bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodim-lari tomonidan o`quvchilarning talanti iste`dod tushuncha negizida o`rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig`indisi aqliy iste`-dod tuzilishini vujudga keltirgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fik-richa, yuksak iste`dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo`lishi mum-kin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati — ziyraklilik, shay-lik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati — uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilli-gi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir; v) insonning uchinchi xususiyati — unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, taxdil va umumlashti-rishning yuqori imkoniyatlari, akdning mahsuldorligidir.
Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir.
Kishilar turli sohalardagi faoliyatlarida – mehnat, o’yin, o’qish va ijodiyotda biror narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir odam bir ishni sekinlik bilan bajarsa, bir kishi tezlik bilan bajaradi. Ayrim kishilarning faoliyatlari samarali, serunum bo’lsa, boshqalarniki esa kam unum bo’ladi. Ba’zi odamlar o’z ishlarida ijodiy, orginal usullarni ko’proq qo’llansa, ba’zi bir kishilarning ishlarida esa bunday usullar kamroq ko’rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu xususiyatiga qarab, biz ularning qobiliyatlari qandayligini aniqlab olamiz.
Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyatllarni, matematika, texnika, muzika, adabiyot, pedagogika, ho’jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari bo’ladi. Biror sohada qobiliyati sezilarliroq bo’lib ko’rinadigan ayrim kishilarni qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli matematik, qobiliyatli muzikachi, konstruktir, rassom va hokazo deydilar.
Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir necha sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli kishilardir.
Odamning qobiliyatlarida tug’ma xususiyatlar ham namoyon bo’ladi.
Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xususiyatlari iste’dod deyiladi.
Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez o’sishiga, bilim va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o’z ishini qanchalik muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz. Qobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan aynan bir narsa deb qarash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi qobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil qilish tezligi darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, qobiliyat amalda qo’llay olish va ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va ko’nikma hosil qilish esa, o’z navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga va o’sishiga sabab bo’ladi.