Psixologiyada qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida tavsiflanadi va buning asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari, fazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o`z qobiliyatlari bo`yicha bir-birlaridan mu-ayyan darajada farq qiladilar, binobarin, ular o`rtasida farqlar sifat va miqdor jihatidan bir talay bo`lishi mumkin. Qobiliyat-larning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xu-susiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. Ularning miqdori tavsifi esa faoli-yatga qo`yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo`sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildiradi, ya`ni mazkur inson boshqa odam-larga qaraganda malaka, bilimlardan nechog`lik tez, yengil, puxta foy-dalana olishini namoyish qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishi-da, birinchidan, maqsadga turlicha yo`llar orqali erishishga imkon beruvchi «o`zgaruvchan miqdor» to`plami tariqasida, ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta`minlovchi shaxsning individual psixolo-gik xislatl; >i (fazilatlari) murakkab majmuasi ko`rinishida gav-dalanadi. Masalan, fakultet dekanati va o`qituvchilar jamoasi to-monidan yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega deb baholangan IV kurs boshlig`i («oqsoqoli») Mahkamda mana bunday psixologik xusu-siyatlar majmuasini ko`rish mumkin, chunonchi, tashabbuskorlik, ta-labchanlik, mehribonlik, e`tiborlilik, kuzatuvchanlik, tengdoshla-rini tashxis qila olishlik, kashfiyotchilik, javobgarlik, hamdard-lik, jozibadorlik, hamkorlik, samimiylik, hissiy yaqinlik kabi-lar. Mahkamning qobiliyatini boshqa tashkilotchilar qobiliyati bilan qiyoslanganda ko`lami keng, mohiyati chuqur bo`lish bilan birga, balki o`zining sifati bilan ham ajralib turadi.