THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH International scientific-online conference
Part 1, Issue 5: MAY 31
st
2022
~ 633 ~
www.interonconf.com
issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikkiga bo‘ladi: 1)truba bo‘shlig‘i;
2)trubalararo bo‘shliq. Teshikli panjara 2 lar slindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida
mahkamlangan. Qurilma qobig‘iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq
mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun slindrik qobiq 1va qopqoq 5
larda patrubkalar o‘rnatilgan. Isituvchi trubalar 3ni teshikli panjaralar 2da
mahkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvoltsovkadir. Qobiqtrubali
issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlarining yo‘nalishi parallel yoki
qarama-qarshi bo‘ladi. Issiq eltkich qurilmaning yuqori qismidan trubalararo
bo‘shliqqa, sovuq eltkich esa pastki qismidan trubalar ichiga yuboriladi. Natijada bug‘
issiqligini beradi va soviydi, ya`ni kondensatga aylanadi va pastga qarab harakatlanadi.
Temperaturasi ortishi bilan sovuq eltkichning zichligi kamayadi va u yuqoriga qarab
ko‘tariladi. Agar suyuqliklar sarfi ko‘p bo‘lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik
almashinish jarayoni intensiv bo‘ladi. Undan tashqari suyuqliklarning qarama-qarshi
yo‘nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko‘ndalang
kesimida issiqlik almashinishi o‘zgarmas bo‘ladi. Issiqlik almashinish jarayonining
tezligini oshirish uchun 2 va undan ortiq yo‘lli isitkichlar qo‘llaniladi. Ikki va undan
ortiq yo‘lli qurilmalarda trubalarni seksiyalarga ajratish uchun yoki suyuqlikning
harakat yo‘li
soniga
qarab
qurilmaning
qopqog‘i
bilan
truba
teshikli
panjarasining
orasiga
to‘siqlar
o‘rnatiladi.
Buning
natijasida
suyuqlik oqimi uchun yo‘llar soni,
ya'ni issiqlik almashinish yuzasi
ortadi.Trubalar
bo‘shlig‘i
seksiyalanishi tufayli seksiyadagi
trubalar soni butun qurilmanikiga
qaraganda
kamayadi.Bu
esa,
suyuqlik oqimi harakatlanadigan
ko‘ndalang
kesim
yuzasi
kamayishiga va issiqlik eltkich
tezligining ortishiga olib keladi.
Masalan 4 yo‘lli qurilmada bir
yo‘laknikiga qaraganda suyuqlikning
tezligi to‘rt marta ko‘p bo‘ladi. Ushbu hol trubalar bo‘shlig‘ida issiqlik berish
koeffitsiyentini o‘sishiga sababchi bo‘ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, har doim
termik qarshiligi yuqori issiqlik eritkichning tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Trubalararo bo‘shliqda suyuqlik oqimi tezligini va harakat yo‘lini uzaytirish maqsadida
sigment to‘siqlar o‘rnatiladi. Gorizontal issiqlik almashinish qurilmalarida ushbu