THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH International scientific-online conference
Part 1, Issue 5: MAY 31
st
2022
~ 634 ~
www.interonconf.com
sigment to‘siqlar truba o‘rami uchun oraliq tayanchlar vazifasini ham bajaradi. Odatda
gorizontal qurilmalar ko‘p yo‘lli qilib yasaladi va ularda suyuqliklar tezligi yuqori
bo‘ladi. Bunday qilishdan maqsad temperatura va zichliklar farqi ostida
suyuqliklarning qatlamlariga ajralib hamda harakatsiz zonalar hosil qilmasligini
ta’minlashdir. Agar issiqlik almashinish qurilmasi qo‘zg‘almas teshik panjara tuzilishi
qobiq va tempraturalarining o‘rtacha farqi 50ºCdan katta bo‘lsada qobiq va trubalar
uzayishi har xil bo‘ladi. Bu hol o‘z navbatida teshikli panjarada katta kuchlanishlar
hosil qiladi va panjaradagi trubalar zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydigan issiqlik eritkichlar ajralishiga olib keladi. Shuning uchun
tempraturalar farqi katta bo‘lganda tempratura ta'sirida uzayishini kompensatsiya
qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstruksiyalari qo‘llaniladi[1]. Qobiq-trubali
issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda
joylashtirish mumkin: - to‘g‘ri olti burchak cho‘qqi va qirralari yoki teng yonli
uchburchak bo‘ylab; - konsentrik aylanalar bo‘ylab; - kvadrat cho‘qqi va tomonlari
bo‘ylab; - shaxmatli ko‘rinishda (bir va har xil ko‘ndalang qadamli).
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish
qurilmaning ixcham bo‘lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga
iloji boricha ko‘proq truba joylashtirishga harakat qilinadi. Kimyo mashinasozligida
to‘g‘ri olti burchak tomonlari va cho‘qqilarida trubalarni joylashtirish keng tarqalgan.
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari sifatida ixcham, metall
sarfi kam, U-simon trubali qurilmadan tashqari hamma qurilmalardagi trubalar ichini
tozalash nisbatan oson bo‘lgan sifatlarni aytish mumkin. Issiqlik almashinish
qurilmasining diametri quyidagi tenglamadan topiladi.
Payvandlab mahkamlashda esa:
t = 1,25
d
Т
Trubalardagi tezlik bosimi:
∆𝑝
𝑡𝑒𝑧
= 𝑝𝑤
2
/ 2
Termodinamikaning birinchi qonuni:
Q=A+∆U
Temperaturalarning o‘rtacha farqini ushbu formuladan topish mumkin:
∆𝑡
𝑛
= 𝑄/ 𝑘𝐹
Trubalarning uzunligini topish formulasi esa quyidagicha[2]: