Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə23/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Vaqtim yetib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Ushbu she’riy parchada qo‘llangan vaqtim yetib iborasi vaqt soati yetmoq iborasining dialekal variantidir. Bu birlik muallif xotirasida bu dunyoni tark etmoq iborasining tiklanishiga turtki bergan. Bu o‘rinda payt mazmuniy munosabatini hosil qilgan vaqtim kelib va bu dunyoni tark etar onim qo‘llanishlari o‘zaro assotsiativ bog‘langan.
5. So‘zlarning milliy-madaniy belgisiga ko‘ra aloqadorligi. Milliy-madaniy xoslangan birliklarning o‘zaro assotsiativ aloqasini O.Matjonning quyidagi she’ri misolida asoslaymiz:
Qo‘lingda Zuhradan go‘yo bir xat bor,
go‘yoki Laylidan meros qismat bor,
ming yillik yozgutdan qutulolmaysan:
Anavilar bor-da, o‘shalar...” deysan.
Berilgan she’riy parchada Zuhra, Layli presedent nomlari uchraydi. Bu birliklar o‘zbek xalqining mashhur badiiy qahramonlari nomini anglatishiga ko‘ra milliy xoslangan presedent birliklar bo‘lib, o‘zaro assotsiativ bog‘langan. She’riyatda Zuhra presedent nomining Tohir nomi bilan, Layli presedent nomining Majnun nomi bilan assotsiativ bog‘lanishi ham uchraydi.
Ma’lumki, presedent nomlar har bir xalqda kishilarga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur nomlar bo‘lib, ular milliy-madaniy xoslangan birliklar sanaladi. Presedent nomlarga mashhur shaxslar nomlari, barqaror so‘z birikmalari, hammaga yod bo‘lib qolgan matnlar kiradi.61 Bunday nomlar doimo assotsiativ tarzda bir-birini xotirada tiklaydi. Bu holat ularning ongimizda ham bir-biri bilan assotsiativ bog‘lanishidan dalolat beradi.
Presedent nomlarning assotsiativ aloqasi shoirning quyidagi she’riy parchasida ham kuzatiladi:
Davr devorida Qodiriy qoni,
Shimolga quladi janub Cho‘lponi,
Zahr ichdi billur jom tutgan Usmoning,
Qonli bazm soqiyni so‘rashga tushdi.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin