Qo’qon neftgaz parmalash ishlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/9
tarix29.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XISOBOT 4

Bo‘rli eritmalar
Minerallashgan yer osti suvlarini ochishga mo‘ljallangan, gilsiz suvda eruvchan yotqiziqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlar bilan qayta ishlangan bo‘r eritma. Odatda bo‘rli eritmalar gilli eritmalarga nisbatan barqaror hisoblanadi.
Neft asosidagi eritmalar
Neft mahsulotlaridan tayyorlanadigan eritma. Bu eritma murakkablashgan sharoitlarda burg‘ilash ishlarini amalga oshirishda va mahsuldor qatlamlarni ochishda foydalaniladi.
Hozir burg‘ilash jarayonida neft asosidagi eritmalarning ikki turi qo‘llaniladi:
a) dizel distillyatli eritma yoki dizel yonilg‘isi. Eritmalar tarkibi: bitum-10-20% , okislangan parafining sovuni-1,5-3% , o‘yuvchi natriy-1,5% , suv-1-5% , 100% , gacha qolgan qismi dizel distillyati yoki dizel yonilg‘isiga talluqli;
b) oksidlangan petralatumning natriyli sovuni (15-20%);
oksidlangan bitum (2-5) bilan barqarorlashgan distillyatli neft maxsuloti asosidagi eritma. Qolgan komponentlar xuddi birinchi gurux eritmalarnikidek. Neft asosidagi eritmalarning zichligi har xil bo‘ladi. Og‘irlashtirilmagan eritmalarning zichligi 900 kgm3 ga teng. Lekin eritmalarni og‘irlashtirib, ularning zichligini 2200 kgm3 ga, hatto 2500 kgm3 ga yetkazish mumkin. Neft asosidagi eritmalarni tayyorlash jarayoni dispersli muhitda (dizel yonilg‘isida va distillyatli neft mahsulotida) bitum va okislangan neft maxsulotlarni (petrolatum yoki parafin) eritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Neft asosidagi eritmaning qovushqoqligi va siljishining statik kuchlanishi kimyoviy reagentlar to‘planishining o‘zgarishiga qarab tartibga solinadi. Reagent sifatida sovun hamda bitum zarrachalari (og‘ir fazalarning to‘planishi) dan foydalaniladi.
Neft asosdagi eritmalarning asosiy afzalligi g‘ovakli tog‘ jinslari orqali juda kam sizilishi hisoblanadi.
Burg‘ilash jarayonida ohak bitumli eritmalar eng ko‘p qo‘llaniladi.Uning tarkibi quyidagilardan tashkil topgan: dizel Yonilg‘isi-dispers muxit (60-65%); eritmalarning sizilish (filtratsion) va reologik xossalarni tartibga solish uchun qo‘shiladigan kuchli okislangan bitum (15-20%), ohak (20-30%) Yuqori dispersli to‘ldirg‘ich 2000S haroratda eritmaga struktura mexanik xossa berish uchun qo‘llaniladi.
Odatda, barqarorlashtirgich (stabilizator) sifatida sulfonatriyli tuz (0,75-1,5%) foydalaniladi. Termobarqaror ohak-bitumli eritma olishning asosiy sharti og‘ir fazaning (ohak, og‘irlashtirgich) dispergirlanishi va ularga yuzaning aktiv moddalari SFM ta’sirida zarracha yuzalarining gidrofobizatsiyalanishi hisoblanishi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin