Qo’qon neftgaz parmalash ishlari


Murakkab geologik sharoitlarda quduqlarni burg‘ilash uchun burg‘ilash eritmalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/9
tarix29.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XISOBOT 4

Burg‘ilash eritmalarining vazifalari va ularning xossalari


Murakkab geologik sharoitlarda quduqlarni burg‘ilash uchun burg‘ilash eritmalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:


1. Quduq tubini yemirilgan tog‘ jinslaridan to‘liq tozalash va ularni yer yuzasiga chiqarish;
2. Quduq devorining o‘pirilishiga qarshi bosimda mustahkam, zich gilli qatlam tashkil qilish;
3. Yuvish jarayoni to‘xtatilgandan keyin yemirilgan tog‘ jinsi zarrachalarini quduq tubiga cho‘ktirmasdan muallaq holatda saqlab turish;
4. burg‘i, quduq tubi dvigatellarni (turbobur, elektrobur), burg‘ilash quvurlari birikmasini hamda ularning qismlarini sovitish va moylash;
5. Quduq devorlaridagi tog‘ jinslarining kamroq yuvilishini ta’minlash;
6. Qatlamdan quduqqa neft, gaz va suvlarning kirmasligini ta’minlash;
7. Quduq tubidagi mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalarini saqlash;
8. yer usti manbalaridan quduq tubiga energiya uzatish;
9. burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan turli xil asoratlarning oldini olish;
Bu vazifalarning qoniqarli bajarilishi uchun faqat murakkab tarkibli burg‘ilash eritmalaridan foydalaniladi.
Bu eritmalar quyidagi hossalarga ega bo‘lishi kerak:
1) tiksometrik xossaga ega bo‘lishi: quduqlarni yuvish jarayo-nida yengil harakatlanishi, gelsimon holatga tez o‘tishi;
2) tog‘ jinslariga nisbatan inertli bo‘lishi: tog‘ jinslarini eritib yubormasligi, tog‘ jinsi zarrachalarining piptizatsiyalanishiga imkon bermasligi, quduq devori mustahkamligini o‘zgartirmasligi;
3) eritma zichligini keng miqyosda tartibga solinishini ta’minlashi;
4) quduq devoridagi darzlik va g‘ovaklarni bekitishi va eritma o‘tmaydigan yupqa parda tashkil qilishi;
5) yemirilgan tog‘ jinslari va qatlam suyuqligi ta’siriga kam sezgirligi.
6) kimyoviy reagentlar ta’sirida kerak yo‘nalishga yengil o‘zgarmasligi.
7) yaxshi moylanish qobiliyatiga va issiqlik-fizik xossalariga ega bo‘lishi;
8) haroratning o‘zgarishi bilan eritmaning beqarorlik xossalarini keng miqiyosda saqlab turishi;
9) quvurlarning zanglashiga ta’sir qiluvchi yemirilgan tog‘ jinslari va qatlam suyuqliklari komponentlarini neytral holatga keltirishi;
10) quduqlarda geofizik tekshirishlar o‘tkazishga imkon tug‘dirishi;
11) burg‘ilash eritmalaridan foydalanishda arzon va qulay materiallarning qo‘llanishi.
Quduqlarni burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalari gidravlik berk konturda muntazam ravishda aylanib turadi.
Quduqda burg‘ilash eritmalarining bunday aylanishi uchta sxemada bo‘ladi.
1. Quduqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuvish - quduqlarni bunday yuvishda – burg‘ilash eritmasi nasos yordamida burg‘ilash snaryadi orqali quduq tubiga uzatiladi. Keyin burg‘ilash eritmasi burg‘ilash snaryadi va quduq devorlari orasidagi halqasimon bo‘shliq bo‘yicha yer yuzasiga chiqadi.
2. Quduqlarni teskari yuvish - quduqlarni bunday usulda yuvishda quduqqa burg‘ilash eritmasi burg‘ilash snaryadi va quduq devori oralig‘idagi halqasimon bo‘shliq orqali uzatiladi. Keyin burg‘ilash eritmasi burg‘ilash quvurlari birikmasining ichki kanallari bo‘yicha tashqariga chiqariladi.
Teskari yuvish quduq tubini yaxshi tozalashda burg‘ilash eritmasining kam sarflanishini, yaxshi kern chiqishini ta’minlaydi. Teskari yuvish jarayonida quduq og‘zi yaxshi germetiklanishi talab qilinadi.
3. Quduq tubi oldi yuvishi - asosan yer osti suvi yoki quduqqa uzatiladigan burg‘ilash eritmasi kerning yaxshi chiqishini ta’minlashga mo‘ljallangan.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin