Qo’qon neftgaz parmalash ishlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/9
tarix29.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#62504
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XISOBOT 4

Emulsion eritmalar

Quduqlarni burg‘ilash jarayonida ro‘y beradigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun va ularni o‘z vqtida oldini olish maqsadida tarkibida neft va neft mahsulotlari bo‘lgan eritmalar qo‘llaniladi. Emulsion gilli eritmalar quyidagi afzalliklarga ega:


a) burg‘ining ish unumdorligin oshiradi;
b) burg‘ilashning mexanik tezligini oshiradi;
d) burg‘ilash quvurlarning tutilish havfini kamaytiradi;
e) eritmaning suv beruvchanligini, pardalaning qalinligini kamaytiradi, ularning yopishqoqligini pasaytiradi, eritma xossalari yaxshi tartibga solinadi.
Emulsion gilli eritmalar har xil dastlabki (boshlang‘ich) gilli eritmalardan tayyorlanadi. Odatda, emulgator sifatida kraxmal, natriyli karboksimetiltsellyuloza, bentonit, lignit va boshqa moddalar foydalaniladi.
Ayrim hollarda gilli moddalar gilli eritmalar uchun emulgator hisoblanadi. Shuning uchun maxsus emulgator qo‘shmasdan emulsiya hosil bo‘lishi mumkin.

Og‘irlashtirilgan eritmalar

Quduq tanasi yaxlitligining buzilishi va neft, gaz namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish uchun gilli eritmalarning zichligini 2200-2400 kgm3 gacha ko‘tarish talab qilinadi. Buning uchun gilli eritmalarga og‘irlashtiruvchi deb ataluvchi yuqori zichlikka ega bo‘lgan materiallar qo‘shiladi. Shunday qilib gilli eritmalarning zichligini talab qilinadigan darajagacha ko‘tarish mumkin. Burg‘ilash jarayonida qo‘llaniladigan og‘irlashtirgichlarni zichliklariga qarab ikki guruhga bo‘linadi:


Birinchi guruhga zichligi past bo‘lgan materiallar 2600-2900 kgm3 (2,6-2,9 gsm2) kiradi. Bular kam kolloidli gillar, mergellar, bo‘rlar, ohaktoshlar hisoblanadi. Bu turdagi og‘irlashtirgichlar kam og‘irlashtirish qobilyatiga ega va u faqat 1700 kgsm3 gacha og‘irlashtirishni ta’minlaydi. Shuning uchun ular ko‘p miqdorda sarflanadi. Natijada burg‘ilash eritmasidagi og‘ir fazalarning miqdorini oshiradi va burg‘ilashning samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun bu og‘irlashtirgichlar ancha samarador og‘irlashtirgichlar bo‘lmagan xollarda qo‘llaniladi.
Ikkinchi gurux og‘irlashtirgichlarga zichligi 3800-4000 kgm3 (3,8-4,0 gsm3) bo‘lgan materiallar (temir og‘irlashtirgichlar va barit) kiradi. Temir og‘irlashtirgichlar (gematit, magnetit va boshqalar) ayrim kamchiliklarga (yuqori abrazivligi, suvda eruvchi tuzlarning ko‘p miqdorda bo‘lishi) ega. Odatda, ular burg‘ilash eritmasining sifatini va burg‘ilashning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini pasaytiradi. Eng yaxshi og‘irlashtirgich bu barit hisoblanadi. Bu eritmalarni olish uchun suvga kolloidsiz gillarni gilli eritmalarga og‘ir minerallar (barit, dolomit, gematit)ni va kimyoviy reagent (suyuq oyna, osh tuzi, soda,ko‘mir)lar qo‘shiladi. Odatda, anomaliyali qatlamlarni burg‘ilashda burg‘ilash eritmasiga galenit (7400-7700 kgm3), mognetit (5000-5200 kgm3) kabi minerallarning qo‘shilishi hisobiga eritmalarning zichligini 2350-2400 kgm3 gacha keltiriladi.


Qurilish eritmalari

Bog‘lovchi (sement, ohak, gips) mayda to‘ldirgich (tabiiy va sun’iy) va suvlarning qo‘shilma aralashmasi. Uning zichligi 1500 kg/m3 dan katta-oddiy va o‘rtacha zichligi 1500 kg/m3 dan – yengil xillari bor. Bu qorishmalar asosan qurilish ishlarida qo‘llaniladi.


Aerofob eritmalar



Burg‘ilash quduqlarini va burg‘ilanayotgan qatlamlarni sifatli tozalash uchun oddiy burg‘ilash eritmalar tarkibiga gazdan iborat komponentlar qo‘shib tayyorlanadigan eritmalar majmui.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin