burg‘ilash eritmalarining turlari
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quyidagi eritma turlaridan foydalaniladi. Ularga suv asosidagi, gilli, gipsli, bo‘rli, neft asosdagi, uglevodorod asosidagi, gumat-kaltsiyli, mo‘’tadil silikat-gilli, polimerli, muzli, emultsion, og‘irlashtirilgan aerofob va boshqa eritmalar kiradi.
Suv asosdagi burg‘ilash eritmalari
Suv
Geologik kesimi qattiq, mustahkam, zich tog‘ jinslarini burg‘lash jarayonida suvdan burg‘ilash eritmasi sifatida foydalaniladi. Chunki, suv boshqa eritmalardan o‘zining katta harakatchanligi, past qovushqoqligi, uncha yuqori zichlikka ega emasligi, quduq tubiga kam bosim berishligi, harakatdagi burg‘ini tez sovutishi bilan farqlanadi.
Odatda, quduqlarni suv bilan yuvishda burg‘ilash quvurlari birikmasiga, turboburga, burg‘ilarga, quvur orti bo‘shlig‘iga ko‘rsatiladigan gidravlik qarshiliklar kamayadi. Buning natijasida nasoslarning ishlash sharoitlari va ish unumdorligi yaxshilanadi va turboburlarning quvvati oshadi.
Lekin suvning burg‘ilash eritmasi sifatida ayrim kamchiliklari bor:
a) suv aylanishi to‘xtatilganda quduqdagi tog‘ jinsi zarrachalarini muallaq holatda ushlab tura olmasligi. Buning natijasida burg‘ilash quvurlari birikmasining tutilib qolish xavfi ortadi;
b) quduq devorlariga yetarli darajada gidrostatik bosim bera olmasligi. Natijada quduq devorlarida har xil o‘pirilishlar sodir bo‘lishi mumkin;
d) mahsuldor qatlamlarini burg‘ilashda suvdan burg‘ilash eritmasi sifatida foydalanish mumkin emasligi. Chunki suvning mahsuldor qatlamlarga ko‘p miqdorda singishi burg‘ilash jarayonini hamda quduq-qa neft yoki gaz oqimini kelish qobilyatini qiyinlashtiradi.
Gilli eritmalar
Gilli eritmalar burg‘ilash jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan eritma hisoblanadi. Gilli eritmalar quduq devorlaridagi g‘ovaklarni berkitishga, burg‘ilangan tog‘ jinslarini eritmada muallaq holatda saqlab turishga xizmat qiladi. Gilli eritmalar maydalangan tog‘ jinslarini qu-duqdan tashqariga chiqarishga, burg‘ilarni qizib ketishdan saqlashga mo‘ljallangan. Gilli eritmalar gilning montmorillonitli, poligorskitli, kaolinitli turlaridan tayyorlanadi.
Burg‘ilash jarayonida zichligi 1,18-1,22 g/sm3 bo‘lgan gilli eritmalar ishlatiladi. Bunday gillarga suv qo‘shilganda tez cho‘kmaydigan eritmalar hosil bo‘ladi.
Bu eritma yupqa qobiq hosil qilish xususiyatiga ega. Shuning uchun suv, neft, gaz favvoralarining otilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Burg‘ilanadigan tog‘ jinslarining xususiyatlariga, yer ostidagi neft, gaz va suvli qatlamlarning bosimiga qarab gilli eritmalarga barit, polimer reagentlar va boshqalar qo‘shiladi. O‘zbekistonda gilli eritmalar tayyorlanadigan gillar yuqori bo‘r va eotsen davri qatlamlarida mavjud.
Dostları ilə paylaş: |