Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja: I. Kirish II. Asosiy qism XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122755
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja I. Kirish

Kengash tuzilgan bo„lib, bu kengash saroydagi davlat ahamiyatiga molik muhim 
ishlarni ko„rib chiqqan. Dasturxonchi, risolachi va boshqa muhim amaldorlar a‟zo 
bo„lgan ushbu kengash davlat boshqaruvida muhim ahamiyatga ega edi. 
Qo„qon xonligida asosan Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar davrida 
(1798-1842 yy.) davlat boshqaruvi va davlatchilik ichki va tashqi siyosat ancha 
barqaror hamda nisbatan tinch rivojlangan. Ammo XIX asrning o„rtalariga kelib 


Qo„qon xonligi inqirozga uchray boshlaydi. Tadqiqotchilar ushbu inqirozning 
asosiy sabablari sifatida o„troq xalq va ko„chmanchi aholi o„rtasidagi qarama-
qarshiliklarni, o„zaro nizo va urushlarni, xon taxti uchun olib borilgan kurashlarni, 
Buxoro amiri bilan bo„lgan nizolar va dushmanliklar, saroy amaldorlarining 
xoinliklari kabilarni ko„rsatadilar. Bularning natijasida iqtisodiy hayotda taraqqiyot 
pasayib, ijtimoiy tarqoqlik kuchayib bordi va davlat inqirozga yuz tutdi. 
Qo„qon xonligida unvonlar va mansablar ular ijrochilarining vazifalari 
hamda martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma’muriy, saroy unvon va 
mansablari hamda ma’muriy vazifalari, diniy mansab va unvonlar hamda 
diniy qozixona amallariga bo„linar edi (unvonlar va mansablar haqidagi 
ma’lumotlar quyidagi risoladan olindi: Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy 
Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006. 6-21 
bb.). Xon saroyida quyidagi harbiy mansab va unvonlar joriy etilgan:
7

Amir ul-umaro – amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar 
berilgan (davlatdagi muhim ishlar, amaldorlarni amalga qo„yish va olish, 
davlatdagi ichki tartibni saqlash, saroydagi tartib – intizom kabilar) shaxs 
bo„lib, xondan keyingi eng yuqori mansab hisoblangan; 

Amirlashkar – amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo„qon xonligida 
mingboshi harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng 
bo„lgan; 

Mingboshi– ma‟mur sifatida ming nafar otliq askar beradigan 
mulkning hokimi. Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo„shinni 
boshqarib, lashkarboshi unvonini olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham 
da‟vogar bo„lgan. Bu unvon Sheralixon davrida (1842-1844 yy.) yuqori 
darajadagi vazifaga aylanib ketgan; 

Botirboshi – botir bahodirlar boshlig„i. Besh yuz kishidan ko„p 
lashkarga boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo„shin 
ishlariga mas‟ul edi. Botirboshi ba‟zan qurilish hamda sug„orish ishlariga 
ham boshchilik qilgan. (Ulug„ nahr arig„i, Otabek botirboshi). 
7
B.Eshov. ,, o‟zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi‟‟. Yangi avlod-2012 



Qo‘shbegi – harbiy qo„shinning boshlig„i. Bu mansab yurish va jang 
vaqtlarida berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da‟vogarlik 
qilgan hamda alohida viloyatga ham hokim bo„lishi mumkin edi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin