Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja: I. Kirish II. Asosiy qism XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122755
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja I. Kirish

Voli yoki voliy (noib, muovin) – tobe etilgan viloyat va tumanlarda 
xonning o„rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u 
viloyatning harbiy ma‟muriy ishlariga boshchilik qilgan. 

Qal’abon yoki kutvol – Qo„qon xonligining chegeralarida joylashgan 
qal‟a va istehkomlarining hokimi bo„lib, shu hududlarning harbiy-ma‟muriy, 
xiroj va boj olish ishlariga javobgar bo„lgan. Harbiy maqsadga ko„ra, 
qal‟abon vazifasiga dodxohdan qushbegigacha bo„lgan shaxslar tayinlangan. 

Qo‘rboshi – qo„rxona ya‟ni aslahaxona boshlig„i. Bu mansab egasi 
xon va mingboshiga itoat etgan. Qo„rboshi qo„rxona, miltiqxona, 
to„pxonalarga boshchilik qilib,xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor 
mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoan tarqatib berish 
jarayoniga javobgar bo„lgan. 

Yofar – soqchilar boshlig„i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar 
askardan iborat bo„lgan. Yofar o„z guruhining hisob-kitobi, yillik xarajatini 
askarlari uchun xazinadan olib bergan. Manbalarda yofarlar g„allagir (g„alla 
oluvchi), javgir (bug„doy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida ham qayd 
etilgan. 

To‘pchiboshi – to„pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig„i. 

To‘qsabo – o„zlarining tug„iga ega bo„lgan harbiy guruhning 
boshlig„i. 

Ponsadboshi – besh yuz nafar askardan iborat guruh rahbari. 

Yuzboshi – yuz kishilik harbiy dasta boshlig„i. 

Panjohboshi – ellikboshi, ellik nafarli harbiy guruh boshlig„i. 

Dahboshi – o„n kishilik harbiy guruh boshlig„i. 

Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar boshlig„i.
8
8
B. Eshov. ,, o‟zbekistonda davlat va boshqaruv tarixi‟‟ yangi avlod-2012 


Harbiylar qatoriga askar, sarboz, nukar, sipohi, mergan, mahram, botur, 
to„pchi, zanbarchi, qo„rchi, qorovul kabilar ham kirib, qo„shin safida, nog„orachi, 
surnaychi, to„g„chi (bayroqdor) kabilar ham xizmat qilganlar. Bu harbiy unvonlar 
orasida mingboshidan ponsadboshigacha bo„lganlari oliy unvonlar, qo„rboshidan 
qorovulboshigacha bo„lganlar o„rta unvonli mansablar, qolganlari esa past 
unvonlar hisoblangan. Elikboshidan mingboshigacha bo„lgan harbiy lavozimdagi 
amaldorlar o„z xizmatlariga mulozimlar olganlar. Ponsadboshidan yuqori 
mansabdagi harbiylarga yana mirzolar va munshiylar ham hizmat qilgan. 
Manbalarda harbiylarga saroydan yiliga turli hajmdagi maosh berilganligi qayd 
etilgan. 
Qo„qon xoligidagi saroy unvon va mansablari quyidagilar edi: 

Otaliq – xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular 
tarbiyalagan xonzoda taxtga o„tirganidan so„ng, otaliqlar ham yuqori 
mansab va unvonlarni egallaganlar. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin