Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja: I. Kirish II. Asosiy qism XIX asr boshlarida Qo’qon xonligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122755
1   2   3   4   5   6   7   8
Qo’qon xonligi amir olimxon hukmronligi davrida reja I. Kirish

Beklarbegi – beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba‟zi 
viloyatlarning hokimiga berilgan. 

Biy – turkiy qabilalarning boshliqlari. 

Devonbegi – xon devonining boshlig„i, Qo„qon xonligi viloyatlaridan 
Toshkent va Dashti qipchoq mulkida ham devonbegi mansabi bo„lgan. 

Xazinachi – davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. 
Xazinachilar viloyat markazlarida ham faoliyat yuritgan. 

Inoq – xonning xos va sirdosh mulozimi. 

Eshikog‘asi yoki chehraog‘asi – eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon 
mahramlari va soqchi-mulozimlarining boshlig„i. Notanish kishilarni xon 
huzuriga ijozatsiz qo„ymaslikka javobgar shaxs. 

Parvonachi – bu unvon egasi xon nomiga kelgan xat va arizalarni 
saroyga olib kirib, javobini olib chiqqan. Bu unvon boshqa unvon 
sohiblariga ham berilgan. 

Dodxoh – xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini 
bayon etish huquqiga ega mansab, saroy unvoni. 



Dasturxonchi – xon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar 
saroy mansabi. 

Saroy qorovulbegisi – xon o„rdasining soqchilariga boshliq bo„lgan 
saroy amaldori. 

Tunqator – tun bo„yi uyg„oq bo„ladigan soqchi. Xonning dam olishi 
va yurishlari vaqtida qo„riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan 
tayinlanadigan amaldor. 

Oftobachi – xonning xos mulozimlaridan bo„lib, uning yuvinishi va 
tahorati vaqtida xizmat qiladigan amaldor. 

Sharbatdor – eng oliy va faxriy unionlardan bo„lib, xonning xos 
majlislari va safarlarida hizmatda bo„lgan. 

Hidoyatchi – xon saroyiga yuborilgan tortiq va sovg„alarni qabul 
qilib olib, xon nazaridan o„tkazuvchi amaldor. 

Shig‘ovul – saroyga tashrif buyurgan elchilar va choparlarni xon 
huzuriga boshlab kiruvchi amaldor. Manbalarga ko„ra, bu mansabdagi 
amaldorning vazifalari keng bo„lgan. 

Sarkor – saroydagi xon amaldorlarining boshlig„i. Bu mansabdagi 
shaxs xonga tegishli shifoxonalar, korxonalar hamda qurilish ishlariga ham 
boshchilik qilgan. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin