230
va arxitektura yodgorliklarida o‘z izini qoldirgan. Muhimi,
yozma yodgorliklarda “tomon” tushunchasi bilan bog‘liq butun
bir atamalar tizimi mavjud.
Endi misollarga murojaat qilamiz. Ikkinchi ko‘k turk
xoqonlig‘i zamonidan qolgan Kul tigin va Bilga xoqon
bitiglarida bunga tegishli yaqqol bir misol bor. Bitiglarda
xoqon tilidan turklar kechmishi hikoya qilinadi. Uning
hikoyasi quyidagi jumlalar bilan boshlangan: Üzä kök täŋri,
asra yağïz yer qïlïntuqda ikin ara kisi oğlï qïlïnmïs. Kisi oğlïnta
üzä yečüm-apam Bumïn qağan, İstämi qağan olurmïš (K.1).
Birinchi jumla payt ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib,
Üzä
kök täŋri, asra yağïz yer qïlïntuqda
– ergash gap,
İkin ara kisi
oğlï qïlïnmïs
esa bosh gapdir. Ergash gapdagi uyushiq bo‘laklar
(üzä kök täŋri, asra yağïz yer) mazmun jihatdan o‘zaro qarama-
qarshi tomon tushunchalarini ifodalaydi. Zid ma’nolar
üzä
(“yuqorida”) va
asra
(“pastda”)
ravishlari yordamida yuzaga
chiqadi.
Täŋri
– qadimgi turkiy tilda ikki ma’noda qo‘llanilgan:
birinchisi – “ko‘k, osmon”; ikkinchisi – “xudo, tangri”.
Keyingisi, harqalay, “osmon” ma’nosidan o‘sib chiqqanligi
aniq. Ushbu jumlada u ilkin – “osmon” ma’nosida. Oldidagi
kök
uning sifatlovchi-aniqlovchisidir:
kök täŋri
– “ko‘k
osmon”.
Jumladagi
yağïz
– yerning sifatlovchi-aniqlovchisi:
yağïz yer
– qo‘ng‘ir yer. Payt munosabatini bildiruvchi
qïlïntuqda
so‘zi “yaralganda” degan ma’noni beradi.
Endi ana shu tartibda bosh gap ma’nosini ochiqlaymiz.
Undagi
kisi
– “kishi, inson”. Islom tushunchasida kishilikning
yaralishi Odam-otadan boshlanadi,
qadimgi turk falsafasida
kishilik o‘tmishi Kishi-otadan boshlangan. Kishi – bizning
hozirgi tushunchamizdagi Odam-otaga to‘g‘ri keladi. Oğul
so‘zi “bola, farzand”ni bildiradi. Chog‘ishtiring:
urï oğul
–
“o‘g‘il bola”;
qïz oğul
– “qiz bola”. Matnda kelgan
kisi oğlï
–
“kishi o‘g‘li, inson farzandi” anglamidadir.
Qadimgi turk tasavvurlaridagi Kishi-otani Apa ham
deyilgan. “Qutadg‘u bilig”da
apa oğlanï, yalïnğuq oğlanï
231
degan atamalar qo‘llanilgan, u “inson bolasi, odam bolasi”
degan ma’nodadir.
Ikkinchi
gapdagi
ečüm-apam
juft so‘zi – “ota-bobom”,
ya’ni “ajdodim” degan ma’noni beradi. Ushbu juft so‘z
tarkibidagi
apa
ham ilkin ma’nosini tashiydi.
Matndagi
Bumïn
hamda
İstämi
– Birinchi ko‘k turk
xoqonlig‘ining quruvchilaridir;
qağan olurmïš
– gapning
kesimini bo‘lib, bu birikma “xoqon bo‘lib taxtga o‘tirgan”
degan anglamga ega.
Yuqoridagi izohlarga tayangan holda matn ma’nosini
hozirgi tilimizga quyidagicha o‘girishimiz mumkin: “Yuqorida
ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaralganda, ikkisining orasida
inson bolasi yaralgan. Kishi o‘g‘illari uza ota-bobom Bumin va
Istami xoqon bo‘lib (taxtda) o‘tirganlar”.
Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha uch qatli olam
to‘g‘risidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida –
osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida
inson va uning
hayoti.
Shu o‘rinda muhim bir faktga e’tibor qaratsak. Ma’lumki,
qadimgi xitoy falsafasida imperatorlarga “Osmon o‘g‘li”
(thien-tsi), osmon bilan yer o‘rtasida yaralgan zotlar deya
qaralgan. Ba’zi olimlar qadimgi turklarning falsafiy qarashlari
to‘g‘risida fikr yuritar ekan, “tangri”ni
anglashda qadimgi
turklar xitoy falsafasiga ergashadilar, deb biladilar. Biroq, Kul
tigin va Bilga xoqon bitiglaridan olingan yuqoridagi matn bu
qarashni tamom inkor etadi. Unga ko‘ra, yuqorida osmon,
pastda yer yaralganda ikkisining o‘rtasida kishi o‘g‘illari
yaralgan. Kishi o‘g‘illari orasidan
tangrining inoyati bilan
Bumin va Istami xoqon bo‘lib taxtga chiqqanlar. Ular “Osmon
o‘g‘li” emas, balki tangrining inoyati bilan taxtga o‘tirgan
xoqonlardir.
Buning dalili uchun Bilga xoqon bitigidan boshqa bir
misolni ham keltirishimiz mumkin. Chunonchi, bitigda Bilga
xoqonning el-ulusga murojaati berilgan.
Murojaat
Dostları ilə paylaş: