224
Astronomik atamalarning ma’nosini uqib, ularni farqlay
bilish matn mag‘zini chaqishga yo‘l ochadi. Avval “Yer yuzi”
va “falak” tushunchalari qanday atalgani to‘g‘risida.
Muallif
“falak”ni
kök, ewrän
, ora-chora
falak
deb ataydi. “Yer kurrasi;
olam” esa
Yer, ažun, dunya
yoki
tezginč
atalgan. “Koinot”ni
yer-kök
deydi. Matnda
yer-kök i
isi
degan birikmani ham
uchratamiz, bu sifat “yeru ko‘kning (koinotning) egasi,
Tangri”ni bildiradi.
Dostonda falakka
yašïl
(“moviy”),
yerga esa
yağïz
(“qo‘ng‘ir rang”) sifati berilgan:
yašïl kök, yağïz yer.
Endi ko‘kdagi yulduzlarga ko‘chamiz. Asarda “yulduz”
yulduz
yoki
kavkab
, “yulduzlar turkumi, burj” esa
ew, ökäk,
buruj
deyilgan. Yulduzlar ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimni
yulduzčï
deb ataydi. Yusuf Xos Hojib yulduzchilarga “Yetti qat
falakning sirlarini yerda yotgan xaschalik bilib ol” (
Yeti qat
falaknï yatur yamča tut
) degan talabni qo‘yadi (QB.4277).
Buning bilan inson yetti falakning sirinigina bilishi mumkin,
degan fikrga tayangan chog‘i (Masalan, to‘qqizinchi falak –
Arsh a’lo (
e
iz ‘arš
) sirlarini yechishga qodir emas).
Yulduz va burjlarning otlari turkcha.
Yetti yulduz
quyidagicha atalgan: Zuhal (Saturn) yulduzini –
Sekäntir
,
Mushtariy (Yupiter) yulduzini
Oŋay
yoki
Qaraquš
, Mirrix
(Mars)ni
Körüd
yoki
Baqïrsoquna
,
Quyoshni
Yašïq
yoki
Kün
,
Zuhra (Venera) yulduzini
Sewit
, Utoridni
Arzu
, Oyni
Ay
yoki
Yalčïq
deydi. Uning zamondoshi Mahmud Koshg‘ariy o‘zining
“Devonu lug‘atit turk” kitobida “Mirrix”ni
Baqïrsoqum
deb
bergan va uning ko‘rinishi haqida “qizillikda
misga
o‘xshatiladi” deb yozadi (MK.I.342). Mushtariy yulduzini
Qaraquš
deb ataydi va “Bu tong vaqtida chiqadi. Ba’zan buni
Qaraquš yulduz
deb ham ataydilar” deya qayd etadi
(MK.III.240).
“Qutadg‘u bilig”da yulduzlarning holati va o‘rni ham
yaxshi berilgan. Ularning ba’zilari yuqori, ba’zisi quyi.
Yulduzlar ushbu ketma-ketlikda yetti falakka joylashadi.
225
Bulardan eng ustda, ya’ni sakkizinchi falakda Sekantir (Zuhal)
yuradi. U bir burjda ikki yilu sakkiz oy qoladi. Ikkinchisi –
O‘ngay (Mushtariy), u bir burjda o‘n ikki oy qoladi. Uchinchisi
– Ko‘rud (Mirrix),
u qay tomon qarasa, yashnab turgan narsa
quriydi. To‘rtinchisi – Yashiq (Quyosh), dunyoni yoritadi.
Beshinchisi – Sevit (Zuhra). Undan keyin Arzu (Utorid) keladi.
Bulardan eng oldin Yalchiq (Oy) yuradi. U Yashiq bilan qarshi
kelsa, to‘lishadi. Oy joy va yo‘li birinchi falakda.
“Qutadg‘u bilig”da Yetti qaroqchi yulduz –
Dostları ilə paylaş: