Qozoqiston tarix tizmi Qozoqiston xamkorlik yo'nalishlari Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi



Yüklə 242 Kb.
səhifə1/4
tarix16.06.2023
ölçüsü242 Kb.
#131643
  1   2   3   4
Qozoqiston Ta\'lim Tizimi Va Hamkorlik Yo\'nalishlari


Mavzu:Qozoqiston Ta'lim Tizimi Va Hamkorlik Yo'nalishlari
Reja:

  1. Qozoqiston tarix tizmi

  2. Qozoqiston xamkorlik yo'nalishlari

Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqchaҚазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyo va Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 17 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi. Poytaxti – Astana shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Astana, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km, janubda – Turkmaniston – 380 km, Oʻzbekiston – 2 300 km va Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km hosoblanadi.[5] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[6] Qozogʻiston aholisi soni 19,17 mln. kishi (2022-yil) Qozoqlar aholining 70.4% ni tashkil qiladi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqtoʻbe – Mega Aktobe

Chimkent – Oʻrda Basi
Qozogʻiston – boshqaruvning prezidentlik shaklidagi unitar davlat.[7] Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30-avgustdagi referendumda qabul qilingan; 1998-yil 7-oktabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.[8] Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.[9]
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan; Fuqarolik partiyasi1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol (Oq yoʻl) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Qozogʻistonning demokratik tanlovi“ xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2-martda tashkil etilgan, 1990-yil oktabrda asos solingan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida hind-eron xalqlariga mansub sakmassaget va skif dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Iskandar Maqduniy va uning qoʻshini hozirgi Qozogʻistonning janubiy chegarasi boʻylab, hozirda Sirdaryo deb nomlanadigan Yaksart daryosi boʻyida skiflarga qarshi Yaksart jangini olib borgani yunon manbalarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil Qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).
10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219–21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishga qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-aar oxiri – 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 – 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv), Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726-yil Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731-yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi.
Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general-gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi. Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi.
Birinchi jahon urushi yillari (1914—1918)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi. Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12-oktabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil 25-oktabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991).
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qozogʻistonning hududi gʻarbda Volga daryosi quyi oqimidan sharqda Oltoygacha va shimolda Gʻarbiy Sibir tekisligidan janubda Tyanshan togʻlarigacha choʻzilgan. Gʻarbda Kaspiy boʻyi pasttekisligi va Mangʻishloq yarim oroli bor; bu yerda dengiz sathidan past botiqlar (mas, Qoragiyo – 132 m) uchraydi[10]. Mangʻishloqdan sharqda Ustyurt platosi (balandligi 340 m gacha) joylashgan. Kaspiyboʻyi pasttekisligi shimoli-sharqda Ural togʻlarining janubiy tarmoqlari va Mugʻojar togʻi bilan chegaralangan. Mugʻojar togʻidan shimoli-sharqda Toʻrgʻay platosi bor. U janubda Turon pasttekisligi (Qizilqum choʻli)ga tutashib ketadi. Orol dengizidan shimolda Katta va Kichik Boʻrsiq qumli choʻllari va Orolboʻyi Qoraqumi joylashgan. Qozogʻistonning markaziy qismini Qozogʻiston past togʻlari (Sariorqa) egallagan. Bu yerda Qizilray (1565 m), Qarqarali (1366 m), Ulugʻtov (1133 m) kabi alohida togʻ massivlari bor. Qozogʻiston past togʻlaridan janubda Betpaqdala choʻli, undan janubda Moʻyinqum choʻli joylashgan. Betpaqdaladan sharqda katta maydonni egallagan Yettisuv hududi mavjud. Qozogʻistonning sharqi va janubi-sharqida Oltoy togʻlarining janubiy tarmoqlari, shuningdek, Saura, Tarbagʻatay, Jungʻariya Olatovi tizmalari, Shimoliy va Gʻarbiy Tyanshanning ayrim tizmalari joylashgan[11].
Qozogʻistonda foydali qazilmalardan Mugʻojar togʻi tokembriy va paleozoy burmali va metamorfozlashgan qatlamlari orasida mis kolchedani, Toʻrgʻay bukilmasi zaminida magnetit rudalari (Sokolov, Sarbay va boshqa) hamda qoʻngʻir temirtosh (Qoʻstanay viloyati), qoʻngʻir koʻmir, boksit uchraydi. Qozogʻistonning burmali paleozoy zaminida rudali va noruda foydali qazilmalar (mis, polimetall va boshqalar)ning yirik konlari bor. Shuningdek, toshkoʻmir (Qaraganda, Ekibastuz) va qoʻngʻir koʻmir (Maykuba) konlari mavjud. Mugʻojar togʻining vulkanogen jinslarida xromitnikelkobaltoltinasbest bor. Qozogʻiston hududida qoʻrgʻoshin, ruxmolibdenvolframfosforit[12]. barit, kadmiy, vismut, profillit, neft, gaz, yonuvchi slanets, marganets, titan, vannadiy, temir, alyuminiy, qalay rudalari, oltingugurt, mirabilit, flyuorit ham bor[13][14].
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqlimi keskin kontinental. Qish shimolda sovuq, markazi va janubda moʻtadil sovuq, chekka janubda yumshoq. Yanvarda oʻrtacha harorat shimolda –18 °C, tekislik qismining janubda – 3 °C. Shimoliy va markaziy rayonlarda qishda – 45 °C gacha, janubdada – 35 °C gacha sovuq boʻladi. Yozi shimolda iliq, janubda issiq. Iyulda oʻrtacha harorat shimolda 19 °C, janubda 28–30 °C. Yillik yogʻin dasht va oʻrmonli dashtlarda 250– 400 mm, choʻl va chala choʻlda 100–200 mm. Balxashboʻyi, Orolboʻyi Qizilqumi va Ustyurt janublarida 100 mm dan kam. Togʻ oldi va togʻlarda yillik yogʻin 400– 1600 mm. Janubidagi togʻlarda muzliklar boʻlib, ularning soni 2700 dan ziyod, umumiy maydoni 2000 km2 chamasida[15].

Yüklə 242 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin