Qurilish ekologiyasi ” fanidan


 O‘zbekistonda suvdan foydalanish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

1.6. O‘zbekistonda suvdan foydalanish 
Sug’oriladigan xududlarda suv tabiatni bebaxo inoomidir. Bugun xayot suv bilan 
bog’liq. Zotan suv tamom bo‘lgan joyda xayot ham tugaydi. Shunday bo‘lsada, Markaziy
Osiyoda suv zaxiralari juda cheklangan. Yiliga 78 kub.km suv keltiradigan Amudaryo va 36 
kub.km suv keltiradigan Sirdaryo asosiy suv manbai xisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalq
xo‘jaligida Orol dengizi xavzasining barcha suv zaxiralaridan to‘la-to‘kis foydalanilmoqda. 
Daryolar oqimi asosan Qirg’iziston va Tojikiston tog’laridan boshlanadi. Suv zaxiralarining
ko‘pchilik qismidan Markaziy Osiedagi barcha Respublikalarning yerini sug’orish uchun 
foydalaniladi. Shu munosabat bilan mintaqadagi barcha dalalarning manfaatlari yo‘lida, hamda
ekologiya talablarini, daryolar deltalarida Orol dengizida maqbul xayotiy shart-sharoitlarni 
yaratish maqsadida bu erlarga suvning o‘tishini ta’minlash zarur. Shu bilan birga Orol dengizi
xavzasining cheklangan suv zaxiralarini birgalashib kelishilgan xolda boshqarish muammosini 
amaliy xal qilish talab qiladi. Mintaqaning yana bir muammosi suv muhofaza qilish va tejash
tadbirlari majmuining amalga oshirish zaruriyati bilan bog’liqdir. Bu tadbirlar suvning isrof 
bo‘lishini eng kam darajaga keltirish maqsadida sug’orish tarmogining rejimi va o‘lchamlarini
sug’orish texnikasi bilan mustaxkam bo’lishni o‘z ichiga oladi. Endilikda kollektor zavur 
suvlarini tashlab yuborishni tartibga solib, oqava suvlarni daryo va suv omborlariga oqizishni
batamom to‘xtatish zarur.
Suv zaxiralarining sifati eng muhim muammolardan biridir. 60-yillardan boshlab
Markaziy Osiyoda yangi yerlar ko‘lamda o‘zlashtirildi. Sanoat, chorvachilik komplekslari 
ekstensiv rivojlantirildi. Urbanizatsiya kuchaydi. Kollektor zavod tizimlari qurildi hamda daryo
suvlari sug’orish uchun mutassil yuqori xajmlarda olindi. Shu bois xavzalardagi suvning sifati 
tobora yomonlashib bordi.
Daryo suvlarini ifloslanishi ekologiya-gigiena va sanitariya-epidemiologiya vaziyatini
ayniqsa daryolarni quyi oqimlarda yomonlashtirmoqda. Ikkinchi tomondan, daryo suvlari
tarkibida tuzlarning mavjudligi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolarning 
deltalarida tuproqning sho‘rlanishini kuchaytirmoqda. Bu esa qo‘shimcha melioratsiya ishlarini
amalga oshirishda, zarur tizimlarni barpo etish va tuproq sho‘rini yuvishda yaqqol sezilmoqda.
O‘zbekiston va qo‘shni mintaqalar sharoitida axolini sifatli ichimlik suvi bilan
taominlash aloxida ahamiyat kasb etadi. Axoli punktlarini odatdagi vodoprovod suvi bilan 

12
taominlash ko‘rsatkichi respublikada faqat keyingi besh yillikning o‘zida taxminan 1,5 barobar 


ortdi. Shunga qaramay ushbu muammo dolzarbligicha qolmoqda. Ichimlik suvi ta’minoti
manbaalarining ifloslanishi Respublikada ayniqsa, Orol bo‘yida kasallikka chalinishning yuqori 
darajasiga sabab bo‘lmoqda. Uchinchidan, Orol dengizining qurrib borish xavfi g’oyat keskin
muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo‘lib qoldi. Orol dengizi muammosi uzoq o‘tmishga 
borib taqaladi lekin bu muammo so’nggi o‘n yilliklar mobaynida xavfli darajada ortdi.
Markaziy Osiyoning butun xududi bo‘ylab sug’orish tizimlarini jadal suratda qurish kuplab 
axoli punktlariga va sanoat korxonalariga suv berish barobarida keng ko‘lamdagi fojia -Orol
xalok bo‘lishning sababiga ham aylandi. Yaqin -yaqinlargacha cho‘lu-saxrolaridan tortib 
olingan va suorilgan yangi erlar xaqida dabdaba bilan so‘zlanardi. Ayni chog’da ana shu suv
Oroldan tortib olinganligi, uni “jonsizlantirib qo‘yilganligi” xayolga kelmasdi. Endilikda 
Orolbo‘yi ekologik kulfat xududiga aylandi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin