24
4. Hamma bosqichda ekologik nazoratlash prinsipi yuqorida sanab o‘tilgan xalqaro-
huquqiy qoidalarni amaliy tatbig‘ini kuzatib borish va kafolatlovchi institutlar tizimini
yaratishni talab qiladi. Agarda xalqaro ekologik hamkorlik me’yorlarining amaliy tatbig‘i uning
qatnashchilari yoki uchinchi bir vakolatli idoralar tomonidan nazorat qilinmasa,
har qanday
xalqaro hujjat deklarativ ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va ular qog‘ozda qolib ketadi. Bunday
xalqaro nazorat institutini universal tarzda BMTning EKOSOS, YUNEP, YUNESKO, TMXI,
JSST, XDK, MAGATE kabi umumiy yoki maxsus masalalar bo‘yicha tuzilgan tashkilotlar
yoki regional tarzdagi — OBSE, ADA, ABT, ADT, ASEAN kabi tashkilotlar tomonidan olib
borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, Markaziy Osiyo mintaqasida maxsus vakolatli davlatlararo ekologik
tashkilotni tuzish (masalan, «Turkiston — bizning uyimiz», «Turk ekonazorat», «Turkistonda
ekologik xavfsizlik») va uning qoshida ishtirokchi davlatlardan nazorat, tergov va sud
organlarini barpo etish zamon talabidir.
5.
Ekologik axborot almashuvi erkinligi prinsipi xalqaro hamkorlik qatnashchilaridan o‘z
milliy chegaralarida yuz berayotgan atrof tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishlari haqida vaqtida
axborot berib borishni nazarda tutadi. Chunki ekologik jarayonlar ma’muriy chegarani «tan
olmaydi» va ular qo‘shni mamlakatning ekologik xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir etishi
mumkinligini e’tirof etadi. O‘z paytida va tezkor olingan axborot
ekologik xavfning oldini
olishi va uni birgalikda yoki xalqaro hamjamiyat yordamida bartaraf qilish imkonini beradi.
6.
O‘
zaro ekologik konsultatsiyalash prinsipi bundan oldingi axborotlash prinsipining
davomi. Konsultatsiyalash yoki maslahatlashish prinsipi yuzaga kelgan ekologik inqiroz
holatining keng yoyilishining oldini olish va uni bartaraf qilishning xalqaro strategik maqsad va
taktik vazifalarini aniqlab olish, unga qarshi kurashishning chora-tadbirlar ko‘lami va yo‘llarini
aniqlashtirishga imkon beradi.
7.
Ekologik inqirozli holatda davlatlarning o‘
zaro yordam ko‘
rsatish prinsipi davlatlarning
o‘zaro gumanitar yordam ko‘rsatish va oqibatda o‘z milliy xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan harakatlar toifasiga kiradi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan «Orol muammosi»ni
hal qilishda 100 dan ziyod davlat yoki nodavlat tashkilotlarning ishtirok etishi va keyingi 10 yil
mobaynida ularning yuz millionlab AQSH dollari miqdorida bizlarga moddiy yordam
ko‘rsatishlari bunday olijanob prinsipni amalda qo‘llanilayotganiga dalil bo‘la oladi.
8.
Huquqiy-ekologik nizolarni tinchlik bilan hal qilish prinsipi xalqaro huquq sub’yektlari
orasida ushbu nizolar orqali atrof tabiiy muhitga yanada ko‘proq zarar yetkazuvchi «sovuq
urush»larning yoki harbiy to‘qnashuvlarning oldini olishga qaratilgandir. Zamon talabi — har
qanday salbiy jarayonlarni diplomatik vositalar orqali hal qilish va davlatlarning butun
kuchini har qanday urushlarga emas, balki insonlarga xavf solayotgan
ekologik inqirozlarga
sarf qilishlarini da’vat qilishidir.
9.
Ekologik muammolarni barqaror rivojlanish orqali hal qilish. Bu prinsip Rio—92
Konferensiyasining deklaratsiyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, u davlatlar va regionlar
miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy muammolarni ekologik muammolar bilan bir paytning
o‘zida kompleks yechishni talab etadi.
Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbalari —
moddiy nuqtai nazardan
Dostları ilə paylaş: