21
darajada to`planishi, fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit,
ionlashtiruvchi va boshqa zararli ta'sir ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalari kiradi.
Ekologik standartlash orqali asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik
talablarga javob berishi belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining “Standartlash to`g`risida”gi
qonunining 8-moddasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Sog`liqni
saqlash
vazirligi standartlash organlari sifatida belgilangan va ular ekologik standartlashni amalga
oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasining “Sertifikatsiyalash to`g`risida”gi va "Tabiatni muhofaza
qilish to`g`risida"gi qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiyalash sertifikatsiya qilinadigan
mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash bo`yicha faoliyatdir. Ushbu
qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi davlat organlarini va boshqa yuridik
shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi organlarida
akkreditatsiyadan o`tadilar, ya'ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha ruxsat beriladi.
Tabiiy obyektlar to`g`risida ma'lumot yig`ish maqsadida
davlat organlari ularning
davlat hisobini amalga oshiradilar. Ushbu vakolat orqali tabiiy obyektlarning son va sifat
ko`rsatkichlari, ya'ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi va boshqa tavsiflari
aniqlanadi. Tabiiy obyektlarni davlat hisobi tabiiy obyektlarning monitoringi (ularni kuzatish),
inventarizatsiya yoki foydalanishni riyxatga olish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy resurslar davlat kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy obyektlar haqida to`g`ri
va tiliq ma'lumotlar olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy obyektlarning miqdori va
sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo`jalik holati, foydalanish darajasi to`g`risida ma'lumotlar
tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. Tabiiy obyektlar
kadastrlari har bir tabiiy
obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Masalan, davlat yer kadastrini yuritish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 15-
moddasi, “Davlat yer kadastri to`g`risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 31-
dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastri yuritish tartibi to`g`risida
Nizomi va Yer resurslari bo`yicha Davlat qo`mitasi hamda Vazirlar Mashkamasi qoshidagi
Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi 1999 –yil, 30 -martda tasdiqlagan
va Adliya vazirligi tomonidan 1999 –yil 27-mayda 736-raqam bilan ro`yxatga olingan ”Yer
uchastkalarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida”gi yiriqnoma
qo`llaniladi.
Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu vakolatli organlarning davlat
mulki bo`lgan tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf etib, ulardan foydalanishni tashkil
etishdan iborat. Ushbu vakolatni amalga oshirish yo`li bilan davlat organlari tabiiy resurslarni
foydalanishga ajratib beradilar va qaytarib oladilar. Yer uchastkalarini egalikka, foydalanishga
va ijaraga berish to`g`risida qarorlarni O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-7, 23-
moddalariga muvofiq,
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari qabul qiladilar.
Suvlardan maxsus foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo`mitasi organlari tomonidan beriladi (O`zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan
foydalanish to`g`risida”gi qonunning 27-moddasi). O`rmonlardan foydalanish huquqi esa
o`rmon xo`jaligi davlat organlari yoki ular vakolat bergan o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa
va tashkilotlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida vujudga keladi (O`zbekiston
Respublikasining “O`rmon to`g`risida”gi qonunning 20-moddasi). Tabiiy resurslarni
foydalanishga ajratib berish huquqiga ega bo`lgan organlar boshqa davlat va jamoat ehtiyojlari
uchun, ekologik talablarni buzganlik uchun hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa
asoslarga ko`ra shunday foydalanishni bekor qilishlari mumkin.
Davlat organlarining tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish
vakolati tabiiy
resurslardan foydalanishga berish to`g`risidagi qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan. Tabiiy
resurslarni hududiy joylashtirish yer tuzish, o`rmon tuzish, qishloq xo`jaligining tabiiy
moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Masalan, yer tuzish
ishlari orqali foydalanish huquqini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari joyida
(naturada) ajratilib, chegaralari belgilanib beriladi. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirishga
22
maxsus vakolatli organlar bo`lmish Yer resurslari davlat qo`mitasi, Sanoatda va konchilikda
ishlarni bexatar olib borilishini
nazorat qilish agentligi, o`rmon xo`jaligi organlarining
vazifasiga kiradi. Ammo suv va hayvonot dunyosiga nisbatan mazkur vakolat amalga
oshirilmaydi.
Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza
etilishi ustidan kuzatuv va tekshiruvlar orqali amalga oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy va
maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib boradilar. Bugungi kunda ekologik nazorat
to`g`risida me'yoriy hujjat bo`lmasa ham, uni amalga oshiradigan organlarning vakolatlari
“Tabiatni muhofaza qilish to`grisida”gi qonunda, Yer kodeksida, tabiiy resurslar to`g`risidagi
boshqa qonunlarda hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanoatda,
konchilikda va kommunal sektorda ishlarning bexatar olib
borilishini nazorat qilish
Inspeksiyasi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi to`g`risidagi nizomlarda o`z aksini topgan.
Bundan tashqari, ekologik nazoratni amalga oshirish O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to`g`risida”gi 1998 –yil, 24 -
dekabr qonunning talablariga, shu jumladan ushbu qonunning 10-moddasi birinchi qismida
ko`zda tutilgan tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir
.
Dostları ilə paylaş: