25
ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb
topilgandir.
Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni
rezolyutsiyalar
egallaydi. Chunki BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro
hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy normalari va harakat qoidalari aks etgan.
«Rezolyutsiya»
lotin tilida «hal qilish», ya’ni ma’lum bir yig‘in (s’yezd, komitet, konferensiya,
simpozium...)larning xulosalovchi yoki hal qiluvchi qarorlari.
Xalqaro-ekologik munosabatlarda ko‘pincha «xartiya» so‘zi ishlatiladi.
Xartiya grekchada
«qog‘oz», ya’ni qog‘ozga bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat ma’nosida ishlatiladi. 1982-yil
28-oktabrda BMT Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan «Umumjahon tabiatni
muhofaza qilish xartiyasi»da xalqaro ekologik huquqning 24 prinsipi qabul qilingan va unga
binoan BMTga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari
talab etiladi.
Xalqaro huquqda amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq talablariga moslashtirish
«implementatsiya» deyiladi. BMTning mustaqil sub’yekti bo‘lmish
O‘zbekiston Respublikasi
xalqaro hamjamiyatga dadil qadamlar bilan kirib borar ekan, huquq sohasida uning oldida 3
katta vazifa turadi: 1) mamlakatda demokratik boshqaruvni barpo etish va barqaror
rivojlanishni ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish; 2) milliy
qonunchilikni xalqaro prinsiplarga moslashtirish; 3) qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilish
mexanizmini yaratish.
1990-yil 21-noyabr «Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi»da (1993-yil 27-noyabrdan
O‘zbekiston ham qo‘shilgan) va 2000-yil Yer xartiyasida ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash
har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida ta’kidlangan.
Shartnoma —
siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy-
madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro me’yorlarni o‘zida aks
ettiruvchi hujjat. Shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan xalqaro huquq
manbai bo‘lib, ular umumiy, regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan
ziyod ekologik munosabatlarni o‘zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar mavjud. Ularning
ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi «Yevropa xavfsizligini ta’minlashning yakuniy
shartnomasi» (1975-yil), «Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni
to‘xtatish to‘g‘risida» (1963-yil), «Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida» (1968-yil) kabi
xalqaro shartnomalardir.
Ikki tomonlama O‘zbekiston—Qozog‘iston, O‘zbekiston—Tojikiston, O‘zbekiston—
Qirg‘iziston, O‘zbekiston — Turkmaniston respublikalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda
atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish (jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish)ga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro huquqiy me’yorlar
belgilanib olingan.
Shartnoma muayyan yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan
bo‘lsa, u «konvensiya» deb ataladi.
Konvensiya —
lotin tilida «shartnoma», «shart»,
«kelishuv» degan ma’noni anglatadi. Konvensiya ikki va undan ortiq xalqaro tabiiy
ob’yektlarni muhofazalash yoki ulardan birgalikda foydalanishni nazarda tutsa
kompleks-
ekologik, ma’lum bir turdagi xalqaro tabiiy ob’yektdan foydalanishni nazarda tutsa
resurs-
ekologik konvensiya deb ataladi.
Kompleks-ekologik konvensiyalarga BMTning YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan
1972 va 1973-yillarda qabul qilingan «Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish»
va «Yo‘qolish xavfida turgan yovvoyi turdagi fauna va flora turlarini savdo qilish»
konvensiyalari kiradi.
Resurs-ekologik konvensiyalarga 1979-yili Bonnda qabul qilingan «Ko‘chib yuruvchi
yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish», 1985-yili Venada qabul qilingan «Ozon qatlamini
himoya qilish» kabi ekologik shartnomalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning mustaqil sub’yekti sifatida 10 dan ziyod
ekologik konvensiyalarga qo‘shilgan, jumladan:
1993-yil 14-mayda «Iqlimga ta’sir etishni chegaralash»;
26
1995-yil 13-oktabrda «Sahrolanishga qarshi kurash»;
1995-yil 15-iyunda «Afrika — Osiyo qit’alarida ko‘chib yuruvchi qushlarni muhofaza
qilish»;
1996-yil 7-mayda «Biologik xilma-xillik»;
1996-yil 7-mayda «Xavfli chiqitlarni tashish va ularni yo‘qotish».
Qabul qilingan konvensiyalarni amaliy tatbiq qilish uchun bir qator qonunlar, davlat
dasturlari, loyihalar ishlab chiqilgan va ularning huquqiy mexanizmi yaratilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasida mustaqil Respublikamiz diplomatik
munosabatlarda ko‘proq ikki va ko‘p tomonlama
kelishuvlarni qo‘llamoqda. 1996-yil
8-mayda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi va 1997-yil 11-dekabrda
Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida tabiatni muhofaza qilishga doir kelishuvlarga imzo
chekilgan.
Xalqaro ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda
deklaratsiya (lotin tilida —
e’lon qilish, tushuntirish), ya’ni ma’lum bir tashkilot, davlat yoki partiyalarning asosiy prinsip
va me’yorlarini tantanali ravishda e’lon qilish ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularga
misol qilib, 1986-yil 4-oktabrda BMTning «Rivojlanish huquqi to‘g‘risida», 1969-yil 11-
dekabr — «Ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot», 1975-yil 10-noyabr — «Ilmiy-texnik
rivojlanishdan tinchlik va inson farovonligi yo‘lida foydalanish», «Stokgolm — 72», «Rio —
92», «Yoxannesburg — 02» kabi deklaratsiyalarni keltirish mumkin.
Atrof-muhitni muhofaza qilishga doir xalqaro munosabatlarni tartibga solishda
memorandium (lotin tilida — nimani tushuntirmoq kerak) — diplomatik mulohazalar predmeti
bo‘lgan masalalarni aks ettiruvchi hujjat, qaydnoma — asosiy shartnomaga qo‘shimcha
qilinadigan hujjatlarning ham juda katta ekologik ahamiyati bor.
Dostları ilə paylaş: