2.3. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari tizimi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlarning doirasi
kengdir. O`zbekiston Respublikasining qonun shujatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat
boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bilgan davlat
18
organlariga bo`linadi. Maxsus vakolatga ega bilgan organlar o`z navbatida tarmoqlararo va bir
tarmoqqa oid turlarga bo`linadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi: tabiiy resurslarni muhofaza qilish va
ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar)
qabul qiladi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy
resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va to`lovlar miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit
monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega
bo`lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat ekologik nazoratini tashkil
etadi; yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, yer
uchastkalariga bo`lgan huquqni bekor qiladi; yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini
beradi va uni bekor qiladi, yer osti boyliklaridan foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil
etadi; umumtarqalgan foydali qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang
vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab
chiqadi; tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga
oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi hamda rivojlantiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining
vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O`zbekiston Respublikasining 1993 yil, 3-sentabr
“Mahalliy davlat hokimiyat organlari to`g`risida”gi qonunda (10, 24, 25-moddalari), “Tabiatni
muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunda (10-modda) va tabiiy resurslar to`g`risida”gi
qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat hokimiyat organlari
yer munosabatlarini tartibga solishda muhim o`rin egallaydilar va bu masalaga Yer kodeksining
5-7 moddalari bor.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hududlarida ekologiya sohasida davlat
boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar: mintaqada (hududda) tabiatni
muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydilar, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini tasdiqlaydilar; atrof tabiiy
muhitga zarar yetkazayotgan obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta
ixtisoslashtirish to`g`risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida
tabiiy resurslarni taqsimlaydilar (yer uchastkalarini - egalikka, foydalanishga yoki ijaraga, suv
obyektini tanho foydalanishga, o`simlik dunyosidan pichan o`rish yoki mol boqish uchun, aholi
punktlarida daraxtlar kesish maqsadida foydalanish huquqini beradilar) va shunday foydalanish
huquqlarini bekor qiladilar; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari
yuritilishini tashkil etadilar; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish
ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga
oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik
munosabatlarni tartibga solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb
nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, ya'ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni
idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya'ni ma'lum bir tabiiy resursni idora etuvchi
organlarga bo`linadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy
o`rinni O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi. Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996- yil 26-
apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Axborotnomasi, 1996-yil 5-6- son, 70-modda) muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo
boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus
vakolatli organdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisobdordir.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi quyidagi asosiy vakolatlarni amalga oshiradi:
19
atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo`llash, resurslarni
tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalarni barcha joylarda qo`llanilishini , ekologiya
sohasidagi fan-texnika yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini
kompleks boshqaradi;
tabiatni mushofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika
ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi,
atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) normativlarini
belgilaydi hamda tabiatdan foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi;
davlat ekologik ekspertizasini o`tkazadi;
atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli ta'sirlar, tabiiy
resurslardan foydalanish to`g`risidagi ma'lumotlarning respublika yagona ekologik axborot
bankini tashkil etadi va yuritadi;
respublikada qo`riqxonalarga doir ishlarga rahbarlik qiladi, alohida muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar hamda hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishda qatnashadi;
ekologik tashviqotni amalga oshiradi, ekologik ta'lim va tarbiyani tashkil etish hamda
yuritishda qatnashadi;
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, chiqindilarni
joylashtirish va ko`mish, suvdan maxsus foydalanishga, ov qilish va baliq tutishga
ruhsatnomalar beradi, yovvoyi dori-darmon giyoshlari, ozuqa o`simliklari va manzarali
o`simliklarni, texnikaviy xom ashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan mumiyoni)
yaratish(tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish
huquqini beradi;
tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida
unga yetkazilgan ziyonni qoplash yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan da'vo qilish;
bank muassasalariga ekologik qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan
sanoat va boshqa obyektlarni loyishalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirish ishlarini
mablag` bilan ta'minlashni to`xtatish haqida taqdimnoma kiritadi;
ekologik qoidalarga amal qilmay ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni
loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning ishini txtatib qo`yadi;
ekologik talablarga rioya etmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortadi, zarurat
bo`lganda huquqbuzarlik materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi;
tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan belgilangan hollarda va
tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri
davlat qimitasi 2003-yil 9-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan
tashkil etilgan va uning Nizomi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil, 19- oktabrdagi 483-sonli
qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu organ yer monitoringi, davlat yer kadastrini yuritadi; yer
uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga oladi, yer resurslarini davlat hisobini olib
boradi, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza etilishi ustidan davlat nazoratini olib
boradi; yer tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qimitasi shaharlarda yerlarni
foydalanishga ajratib berishda va yerlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi.
O`zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qimitasi Vazirlar
Mashkamasining 2004 yil, 25- martdagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq,
konlarni geologik izlanish, mineral resursdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi;
hududlarni geologik jihatdan o`rganilganligini tahlil qiladi; mineral xom ashyo bazasini
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi; geologik o`rganish bo`yicha normativ hujjatlarni
tasdiqlaydi; konlar geologik ma'lumotlar davlat jamg`rmasini, foydali qazilmalar davlat
kadastrini, davlat suv kadastrining yer osti suvlar qismini yuritadi; geologik qidiruv ishlarining
davlat hisobini yuritadi va ro`yxatini olib boradi; qazilma boyliklar joylashgan hududlarni
20
qazilma boyliklardan foydalanish bilan bog`liq bo`lmagan maqsadlarda qurilish uchun yer
ajratish masalasi bo`yicha xulosa beradi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda
ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O `zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2004 yil 9 iyuldagi Farmoniga muvofiq, foydali qazilmalarni qazib olish uchun,
shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog`liq bo`lmagan yer inshootlarining
qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi; yer osti boyliklaridan
foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi va uning organlari, Vazirlar
Mahkamasining 2003 –yil,28 -iyundagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq,
davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yer osti suvlarining iste'mol qilish qismida yuritadi,
suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish bo`yicha
shartnomalar tuzadi; sun'iy suv havzalaridan va kanallardan suvdan foydalanish ustidan davlat
nazoratini olib boradi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistor Respublikasining
1999-yil, 14-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ichimlik
suvlarning ifloslanishi ustidan sanitar nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir
ko`rsatilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati
avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mashkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati
markazi Vazirlar Mashkamasining 2004-yil 14- aprel 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Nizomga muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, suv va
atmosfera monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida o`rmon xo`jaligi
bosh boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000- yil 7- fevraldagi Farmoniga
muvofiq o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, o`rmonlarning
muhofazasini, himoyasini, qayta ko`paytirilishini tashkil etadi, o`rmon resurslaridan
foydalanish huquqini beradi; o`rmonlarning davlat hisobini va davlat kadastrini yuritadi va
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |