Qurilish ekologiyasi ” fanidan


  Atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat boshqaruvi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə13/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

2.2. 

Atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha davlat boshqaruvi. 
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy 
resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro etish va
farmoyish berish faoliyati tushuniladi. 
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati ushbu organlarning ijroya
hokimiyatiga ta’lluqliligidan kelib chiqib, qonun va vakillik organlarining qarorlarini amalga 
oshirishga qaratilgan.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi ularning 
ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga
majburiy kirsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu majburiy kirsatmalar ko`p 
marotaba qo`llanadigan, ya'ni ular tomonidan qabul qilingan me'yoriy shujjatlarda
belgilanadi, yoki bir marotaba qo`llanadigan, ya'ni ma'lum bir yoki bir necha subyektga 
taluqli, masalan, huquqbuzarlikni to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalardan iborat bo`ladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroya etish va farmoyish berish 
faoliyati atrof tabiiy resurslar to`g`risidagi qonun hujatlarining bajarilishini ta'minlashga
qaratilgan.
Ekologiya soshasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan:


17
boshqarishning qonuniylikka asoslanishi, ya'ni davlat boshqaruv organlarining 


ekologik munosabatlarni tartibga solishda faqat qonun hujatlarida belgilangan vakolat doirasida
hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi; 
tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirishga, ya'ni ekologik munosabatlarni
tartibga solishda davlat organlarining faoliyati ham hududning rivojlanishini, ham har bir tabiiy 
resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni muhofaza etishning ta'minlanishiga
qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham 
tarmoq bo`ysunishda shakllantiriladi, masalan, ushbu organlarning hududiy bo`linmalari
respublika tarmoq organlari (Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, qishloq va suv xo`jaligi 
vazirligi)ga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar;
ekologiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondoshishga, ya'ni tabiiy 
resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi va atrof tabiiy
muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy resurslarga bo`lgan 
ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash;
ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiy resurslardan foydalanish 
va nazorat qilishni ajratish, ya'ni ekologiya sohasida tabiiy resurslardan bevosita
foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, ekologiya sohasida davlat 
boshqaruvi organlarini shakllantirish hamda ularni faoliyatlarini tashkil qilishda foydalanish va
nazorat qilish vakolatlarini tartibga solishda ifodalanadi. Masalan, qishloq va suv xo`jaligi 
vazirligi huzurida o`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi o`rmondan foydalanishni tashkil qiluvchi
davlat organidir va uning korxona, tashkilotlari, o`rmon xo`jaliklari o`rmondan asosiy 
foydalanuvchilar bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu organ o`rmondan foydalanish
ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakllarda va uslublarda amalga
oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya va huquqni 
muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi.
Ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish 
uslublarini, ya'ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta'sir kirsatish usullarini
qo`llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish, rozilik berish, majburiy kirsatmalar berish 
kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni 
tashkil etishda qo`llaniladi. Tabiiy resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat
organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sankiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar
tomonidan tayyorlagan me'yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni 
tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi. Masalan, atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni
tashlash bo`yicha yo`l qo`yiladigan doiradagi normativlari tabiatni muhofaza qilish organlari 
tomonidan tasdiqlangandan so`ng, mazkur zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash
mumkin (“Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonunning 8-moddasi), yoki 
qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan ichki yer tuzilish
sxemalariga muvofiq yerdan foydalanishni amalga oshiradilar (Yer kodeksining 13-moddasi). 
Ekologiya sohasida boshqaruvni taqiqlash uslubi atrof muhitni muhofaza qilishni
tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma'lum 
bir faoliyatni amalga oshirishni taqiqlash orqali man etishda ifodalanadi. Masalan, suvdan
umumiy foydalanishning turi bo`lgan cho`milish aholini xavfsizligini ta'minlash maqsadida 
ma'lum suv obyektlarida man etilishi mumkin yoki suv muhofaza zonalarida daraxt va
butazorlarni kesish, yoqish va moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli 


ximikatlarni ko`llash, chorvachilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi. 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin