Qurilish ekologiyasi ” fanidan



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə12/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

qonuni. 

O’zbekiston Respublikasida 1988 yilga qadar yoki tabiatni muhofaza qilish Davlat


qumitasi tashkil qilingunga qadar atrof muhitni muhofaza qilish buyicha boshqaruv va nazorat 
ishlari har bir tashkilot vakolatiga kiritilgan bo’lib, juda ham murakkab va bir biriga bog’liq
bulmagan xolda amalga oshirilar edi. Tabiatni muhofaza qilish organlari bir tizimga 
birlashmagan, kupincha bir birlari funksiyalarini takrorlashar, kuch va mablaglardan
foydalanish tarkok xolda bulib, oxir oqibatda tabiatni ximoya qilish ishlarining samaradorligi 
past edi.


14
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat kumitasi tashkilotlar faoliyati 


ustidan ish ko’ruvchi organ bulib, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona


foydalanish buyicha tarmoqlararo boshqaruv va davlat nazoratini amalga oshiradi. U uz 
funksiyasini maxalliy boshqaruv organlariga bog’liq bulmagan xolda bajaradi va tabiatdan
oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va tabiiy 
resurslarini ximoya qilish buyicha texnik va iqtisodiy siyosat olib boradi.
O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish tug’risida”gi qonuniga asosan, 

atrof muhitni muhofaza qilishni boshqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi,


O’zbekiston respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi, Davlat boshqaruvining 
tegishli maxalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustakilligini e’lon qilgunga qadar, tabiiy resurslardan 

foydalanish va tabiiy atrof muhitni ximoya qilish buyicha ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlar,


belgilangan xuquqiy tartib sobiq ittifoq qonunlariga asoslangan edi.
O’zbekiston respublikasining mustaqillikka erishishi munosabati bilan va 

respublikaning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tishi tabiatdan foydalanish


xuquqini tubdan o’zgartirdi. 
Tabiatni
muhofaza 
qilishning xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. Konstitutsiyasining 50,54,55 va 100 –moddalarida 
fuqarolarning ushbu sohadagi xuquq va majburiyatlari, atrof –muhitga munosabat va boshqaruv
tizimi bo‘g‘inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan, 50 –moddada “Fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga extiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdir”lar deyiladi. Asosiy qonunning 54 –
moddasiga ko‘ra, jamiyatning iqtisodiy negizlaridan biri bo‘lgan mulkiy munosabatlar bozor 
iqtisodiyoti qonuniyatlariga mos ravishda e’tirof etiladi.
Lekin mulkdor xohshiga egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi hech qachon 
ekologik muhitga, ya’ni atrof muhit holatiga zarar etkazmasligi kerak. Konstitutsiyaning 55
moddasiga muvofiq “Er, er osti boyliklari, suv o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir” deyilgan. Konstitutsiyaning 100 moddasiga banoan ilk bor shahar, tuman, 
viloyat maxalliy xokimyatlariga o‘z ma’muriy –xududiy bo‘linmalarida atrof muhitni
muhofaza qilish vakolati topshirilgan. 
Huquqiy xujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 
qarorlari)
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ro‘yxati. 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr №723- XII).
2. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (1992 
yil 9 dekabr № 754 –XII).
3. Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
ro‘yxati.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr №723- XII). 
5. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (1992
yil 9 dekabr № 754 –XII). 
6. O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (1993
yil 6 may № 837 –XII). 
7. O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonuni (1996 yil 27 dekabr № 353 –I). 
8. O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (1997 yil 26 dekabr № 543 –I). 
9. O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofa qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (1996 yil 27 dekabr № 353 –I). 
10. O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi (1998 yil 30 aprel)
11. O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonuni (1999 yil 15 aprel) 

15
12. O‘zbekiston Respublikasining “Axolini va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi 


favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (1999 yil, 20 avgust)
13. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonuni (2000 yil, 25 
may).
14. O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuni (2000 

yil, 31 avgust)


15. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni (2002 yil, 5 aprel) 
16. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi
qonuni (2004 yil, 3 dekabr). 

Respublikamiz uz Mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingi eng yirik voqealardan biri


tabiatni muhofaza qilish faoliyatining xuquqiy tamilanganligi bo’ldi. 1992 yil 9 dekabrda 
O’zbekiston respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni q’abul qilindi.
Bu qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlab qolishni, inson va tabiat o’rtasidagi 
munosabatlardagi muvozanatning bir tekis rivojlanishini, ekologik tizimlarni tabiiy
majmuaalarini va ayrim ob’ektlarni muhofaza qilish maqsadida tabiiy resurslardan oqliona 
foydalanishni xuquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi va insonlarning yashash
sharoitlarini yaxshilash xuquqini taminlaydi. 
Hozirgi vaqtda O’zbekistonning ekologik munosabatlarini tartibga solishda 

Konistitutsiyada va tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunidan tashqari, O’zbekiston


respublikasining “Aloxida ximoya qilinadigan tabiiy xududlar to’g’risida”gi qonuni mavjud.(7 
may 1993 yil). Bu qonun Respublika xududidagi umummilliy boylik xisoblangan tabiiy
majmualar, sog’lomlashtirish maskanlari, madaniy, ilmiy, iqtisodiy ekologik nuqtai nazardan 
takrorlanmas va noyob xududlarni ximoya qilishning xuquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy
asoslarini ta’minlaydi. Shuningdek, O’zbekiston respublikasining “Sanitar nazoratlar 
to’g’risida”gi qonuni (1992 yil 3 iyul), 1999 yil 20 iyun oyida esa O’zbekiston respublikasining
“Er to’g’risida”gi qonuni q’abul qilingan. O’zbekiston respublikasining Oliy majlisining 1991 
yil 20 noyabr va 1993 yil 7 may, hamda 1994 yil 23 sentyabr oylarida bu qonunga
o’zgartirishlar va qushimchalar kiritilib, takomillashtirilgan variantlarda yerlardan 
foydalanishni tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va ularni ximoya qilish, tuproqlar
unumdorligini oshirish, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilash kabi vazifalarni amalga oshirish 
xuquqini ta’minlash ko’zda tutilgan.

1993 yil 6 mayda O’zbekiston respublikasining “suv va suvlardan foydalanish


to’g’risida”gi qonuni q’abul qilingan. Bu qonunning vazifasi suvga bo’lgan munosabatlarni 
tartibga solish, axoli va xalq xo’jalik ob’ektlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish,
suvlarni ifloslanishdan, sifatini buzilishidan va kamayib borishidan ximoya qilish, ularga zararli 
ta’sir ko’rsatuvchi omillardan ogoxlantirish va bunga yo’l o’ymaslik, suv manbalari xolatini
yaxshilash borasida korxonalarning xuquq va majburiyatlari belgilab berilgan. 
1994 yil 22 sentyabrda O’zbekiston respublikasining “Er osti qazilmalari to’g’risida”gi 

qonuni q’abul qilingan. Uning vazifasi er osti boyliklaridan foydalanish va ularni ximoya qilish


buyicha munosabatlarni tartibga solish va tugri yunaltirishdan iborat.
1996 yil 27 dekabrda O’zbekiston respublikasining “Atmosfera xavosini muhofaza 

qilish to’g’risida”gi qonuni q’abul qilingan. Qonun 30 moddadan iborat bulib, atmosfera


xavosini muhofaza qilish to’g’risidagi qonun xujjatlari, fukarolarning xuquq va majburiyatlari, 
standartlar va meyoriy xujjatlar, xavo muhitiga zarar etkazganlik kabi moddalar mavjud.

1999 yil 14 aprelda O’zbekiston respublikasining “Ormon to’g’risida”gi qonuni q’abul


qilingan. Unda respublika xududidagi o’rmonlarni ximoya qilish, ulardan foydalanishni 
tartibga solishni xuquqiy asoslari ishlab chiqilgan. Shunningdek, “Xayvonot va o’simliklar
dunyosini ximoya qilish to’risidagi” qonunning to’ldirilgan varianti q’abul qilingan. Unda 
respublikada noyob yo’qolib borayotgan o’simlik va xayvonlarning ximoya qilishni va ulardan
foydalanishni tartibga solishning xuquqiy asoslari belgilab berilgan.
O’zbekiston xududida ov qilish va baliq ovlash tartibi O’zbekiston respublikasi Oliy 

kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi № 937-XIII va Vazirlar maxkamasining 1993 yil 15




16
dekabrda № 600 qaroriga ko’ra amalga oshiriladi. Shuningdek, O’zbekiston respublikasida ov 


va baliqchilik xo’jaliklari to’g’risidagi qaroriga asosan Vazirlar maxkamasi tomonidan 1991 yil
10 aprelda tasdiqlangan № 95 ko’rsatmasiga ko’ra hamda O’zbekiston respublikasi Davlat 
tabiatni muhofaza qilish qumitasining 1992 yil 8 iyun va 1993 yil 5 yanvardagi buyrug’iga
binoan amalga oshiriladi. 
Xuquqiy dalolatnomalar bilan birga O’zbekiston respublikasida tabiatni muhofaza 

qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish soxasini tartibga solishga yo’naltirilgan qator


xuquqiy asoslangan me’yoriy dalolatnomalar q’abul qilinganki, ularning barchasi bu soxadagi 
ishlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Bularga quyidagilar misol bo’la oladi: xususiy
mulk to’g’risidagi, kooperatsiya to’g’risidagi, ijara to’g’risidagi, korxonalar to’g’risidagi, 
olinadigan soliqlar to’g’risidagi, birlashmalar, tashkilotlar, joylarda davlat xokimiyati organlari
to’g’risidagi fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risidagi, standartlashtirish 
to’g’risidagi xuquqiy meyoriy xujjatlar shular jumlasidandir.

O’zbekiston respublikasida tabiatni muxofaz qilish va maxsus muhofaza qilinadigan


tabiiy xududlar to’g’risidagi qonunlarning q’abul qilinishi munosabati bilan ishlab turgan 
xuquqiy asosga ega bo’lgan dalolatnomalarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan. Bundan
maqsad, ularni O’zbekiston respublikasi konstitutsiyasi va kursatib o’tilgan qonunlar 
talablariga muvofiqlashtirishdan iborat.

Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni xayotga tadbiq etish birinchi navbatda


Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari maxsus mas’ul organlar yuridik va fizik shaxslar 
tomonidan kompintensiya va qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish


masalalari O’zbekiston respublikasini ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksida tabiiy 
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish soxasidagi xuquqbuzarlik uchun ma’muriy
javobgarlik meyorlari belgilangan. Ma’muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda 
jarimalar to’lash va ma’lum xuquqdan maxrum qilish jazolari ko’rsatilgan. O’zbekiston
respublikasi jinoyat kodeksining 4 bo’limi “Ekologiya soxasidagi jinoyatlar” deb yuritiladi. 
Jinoyat kodeksida ekologiya soxasidagi turli jinoyatlar uchun jarima muayyan xuquqdan
maxrum qilish, mol-mulkni musodara qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan 
maxrum qilish choralari belgilangan. 1994 yil 22 sentbrda q’abul qilingan yangi “Ma’muriy
javobgarlik to’g’risida” jinoiy, va jinoiy prosetsual kodekslar respublikada tabiatni muhofaza 
qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida muxim rol o’ynaydi.
Respublikada tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar xalqaro xuquqiy 
meyorlarni xisobga olib tuzilgan va xalqaro tashkilot ekspertlari tomonidan baxolangan. Bu
qonunlar respublikada ekologik barkarorlikni ta’minlash talablariga javob bera oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin