45
Xayvonot olamini muhofaza qilish ham atrof muhitni muhofaza qilishning asosiy
yo’llaridan biridir.
Oxirgi yillar davomida yovvoyi xayvonlarni yo’q qilish oshib borayapti. 2 ming
yil davomida sut emizuvchilarning 106 shakli yo’q bo’lib ketdi. Bunda birinchi 33 shakli 1800
yil mobanida yo’qolib ketgan bo’lsa, keyingi 33 shakli atigi 100 yil davomida, oxirgi 40 shakli
esa, atigi 50 yil davomida yo’q bo’lib ketdi.
Bugungi kunda atrof muhitni ifloslanishi 280 tur sut emizuvchilarni, 350 tur kushlarni va
20 ming tur o’simliklarni yo’qolib ketish xavfini vujudga keltiradi.
Shakllarning turliligini saqlash ekologik sistema muvozanatining
asosiy shartlaridan
biridir. Kanchalik shakllar turlicha bo’lsa, shunchalik bitta tur o’simlik yoki xayvonot ko’payib
ketib, qolganlarini ustidan xukmronlik qilishiga imkon kamayadi.
Flora va faunaning turlarini soni kamayib ketishi atrof muhitni sifati yomonlashib ketgani
to’g’risida dalolat buladi.
Shuning uchun ham kurikxonalar eki boshqa zonalar yaratish yullari bilan genetik fondi
saqlash - juda muxim vazifadir.
Oxirgi yillarda tuproqka suyuq va qattiq holdagi sanoat va maishiy xizmat chiqindilarining
kelib tushishi xisobiga tuproqning ifloslanishi ham katta muammoga aylanib koldi. Bu
iflosliklarning asosiy qismi tuproqning yuqori qavatida 3-5 sm chukurlikda tuplanib koladi.
Mineral o’g’itlarini notugri ishlatilishi tuproqlarning ishqoriyligi yoki nordonligi oshib
ketishiga olib keladi.
Tuproqning xar xil moddalar bilan ifloslanishi tuproqdagi ekologik sistemalarning aylanma
xarakatining buzilib ketishiga olib keladi. Tuproqdagi iflosliklar
mikroorganizmlarni sonini
kamaytirib yuboradi, natijada tuproqni o’z-o’zini tozalash hususiyati, hamda hosild6rligi
pasayib ketadi.
Tuproqning yadoximikat va mineral o’g’itlar
bilan ifloslanganligi ayniksa, sugoriladigan
erlarning kengayib ketishi natijasida aktual muammoga aylanib koldi, chunki zaharli moddalar
sugorish va drenaj suvlari bilan tarqalishi mumkin.
Ichimlik suvlar bilan birga pestitsidlar inson organizimiga ham kelib tushish mumkin.
Pestitsidlarni ishlatish – bu o’simliklarning kasalligiga va xashoratlarga qarshi kurashishning
samarali usullardan biridir.
Lekin ularning ko’payib ketishi insoniyat va atrofidagi tabiatga ko’rsatayotgan
salbiy
ta’siri oshib ketishga olib keladi.
Pestitsidlarning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish uchun ularning ishlatilishini
qattiq nazorat qilinishi shart. Pestitsidlardan foydalanish, ularni saqlash va transportirovkasida
mexnat havfsizlik talablari bajarilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: