Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Qurilish ekologiyasining muhim asosiy vazifasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə43/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Qurilish ekologiyasining muhim asosiy vazifasi insonga va tabiiy ekotizimlarga
qurilish texnologiyalarining salbiy ta’sirini tadqiq etish, ekologik xavfsiz qurilishning barqaror 
rivojlanish qonun va qoidalarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Qurilish ekologiyasining xususiyatiga “qurilish – tabiiy atrof-muhit” tizimiga o‘zaro
ta’siri jarayonlarini har tomonlama o‘rganishga xizmat qiladi.


Qurilish ekologiyasining uslubiy asosi qurilish faoliyati va boshqarish qarorlarini
ogohlantirish uchun axborot ta’minoti yoki salbiy ta’sirni kamaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
antropogen xavf-xatarni tahlil va oldindan ma’lum qilish hisoblanadi.

Qurilish ekologiyasi umumiy va amaliy ekologiya, arxitektura qurilish fanlari, kimyo,
fizika, muxandislik geologiyasi, tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa fanlardan bilimlarga 
tizimli asosda tayanadi.
Qurilish ekologiyasi o‘zining maqomi bo‘yicha amaliy ekologiyaning bir xil 
tarmog‘idan va muxandislik ekologiyasining bir xil tizim ostidan hisoblanadi.


54
Qurilish ekologiyasi ekologik fanlar tizimida yangi yo‘nalish sifatida faqat oxirgi 22 


yilda jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. 1994 yilda AQShning Tampe shahrida barqaror ekologik
qurilish bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. 1997 yilda Fransiyaning Parij shahrida 
ikkinchi va 2002 yilda Norvegiyaning Oslo shahrida uchinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro anjumanlarning qarorlarida barqaror qurilish qayta tiklanmaydigan resurslarni 
eng qulay ishlatish yo‘li bilan hayotning sifatini ta’minlash va qayta tiklanadigan resurslarni
doimiy qo‘llash maqsadi bilan sog‘lom iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek biologik 
xilma-xillik va tabiiy atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi
kerakligi ta’kidlangan.
Qurilish texnologiyalari bilan bog‘liq holda atrof-muhit va salomatlik uchun xavf-
xatarni har tomonlama o‘rganish maqsadi 1997 yilda Shvetsiyada Qurilish ekologiyasi instituti 
tashkil etildi. Ushbu institut huzurida 1998 yilda qurilish bo‘yicha Xalqaro kengashning Butun
dunyo kongressi tashkil etildi. 
1998 yil 7-12 iyun kunlari Shvetsiyada “Qurilish va atrof-muhit” shiori ostida qurilish
bo‘yicha Xalqaro kengashning Butun dunyo kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Butun dunyo 
kongressida quyidagi asosiy muhim muammolar muhokama etildi:
ekologik xavfsiz qurilish materiallari va texnologiyalari; 

qurilish konstruksiyalarining ishonchliligi va umriboqiyligi ekologik mezon sifatida; 


qurilish barqaror rivojlanish omili.

2002 yilda qurilish industriyasining Yevropa federatsiyasi qurilish faoliyati jarayonida


atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida 
qaror qabul qildi. Ushbu chora-tadbirlarda ekologik xavfsiz qurilish materiallari va
texnologiyalarni foydalanuvchi qurilish kompaniyalari uchun imtiyozli sharoitlarni yaratish 
ko‘zda tutilgan.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin