55
Poydevor qurilishi va ekologiya
Qurilishda ekologik xuquq
Qurilish sohasida iqtisodiyot ekologiyasi
Qurilishda ekologik monitoring
Ekologik xavfsiz qurilish – barqaror rivojlanish omilidir
Hozirgi zamonaviy davrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi barcha fanlarning
ekologikligi bilan tavsiflanadi. Ekologik bilimlar alohida ahamiyatli bo‘lgan biologik fanga
to‘xtalib qolmasligi bilan ilm-fanda insonning tabiiy atrof-muhit ta’siriga hamda ushbu
antropogen jarayonni yumshatish usullariga o‘zgartiradi. Geologiya, kimyo, tibbiyot, fizika,
qurilish fanlari va b.q. bilan ekologiyaning to‘qnashuvida yangi turdagi bilimlarni, ya’ni
geoekologiya, urboekologiya, muxandislik ekologiyasi, qishloq xo‘jaligi ekologiyasi va sh.k.
yaratadi.
Shuning uchun amaliy ekologiyaning tutgan o‘rnida muxandislik ekologiyasi,
geoekologiya, shaharsozlik ekologiyasi va b.q. fanlar mavjudligiga haqlidir.
Hozirgi vaqtda ekologiyaning qurilish bilimlari bilan to‘qnashuvida yana bir yangi ilmiy
yo‘nalish – qurilish ekologiyasi paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi.
Qurilish ekologiyasining asosiy yo‘nalishlariga qurilish ob’ektining hayotiy davri,
biosferaga qurilishning salbiy ta’siri, salbiy ta’sirlardan muxandislik ekologik himoya, turar joy
va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi, qurilishda energiya va resurs tejamkorlik,
poydevor qurilishi va ekologiya, ekologik monitoring va b.q. kiradi (2-rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: