Biosfera yunoncha so’z bo’lib “Bio-hayot,sfera-shar” degan ma’noni anglatadi.Biosfera- yerning tirik organizmlar tarqalgan qobiq.Biosferaning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog’liq.Biosfera “hayot qobig’i”, to’g’risidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan.”Biosfera” terminini esa fanga avstriyalik geolog Zyuss kiritgan.Biosfera to’g’risidagi to’liq ma’lumotni rus olimi Vernadskiy ishlab chiqqan.
Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo’lgan qismi( 20-25km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferaning to’liq o’z ichiga oladi.Biosferaning quyi chegarasi quruqlikda 2-3km,okean tubida 1-2km chuqurlikkacha boradi.
Butun Yer sayyorasi miqyosida quyosh energiyasi hisobiga sodir bo’ladigan biologik muhim elementlarning bir bo’g’indan ikkinchisiga o’tishi moddalarning geologik davriy aylanishi deyiladi.
Tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi elementlarning tashqi muhitdan organizmlarga o’tib,hujayradagi metabolizmda ishtirok etishi, keyin tashqi muhitga qaytib,yana tirik organizmlar tomonidan foydalanilishi moddalar va energiyaning biotik davriy aylanishi deyiladi.
Yerda moddalarning davriy aylanishi.
Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan – bir manba quyosh energiyasidir. Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar biogen elementlar deyiladi: C,H,O,N,S,P,Ca,K,Cl,Fe, Mg,Cu,Mn,Zn,Mo,Br,B,I.Bular orasida C,H,O,N,S,P eng muhim elementlardir.Bir yil davomida Yer sirtiga tushadigan quyosh energiyaning 42 foizi Yerdan koinotga qaytariladi,58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi.
Yerda moddalarning davriy aylanishi.
Yerga yutilganquyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni bug’lantirish uchun sarflanadi. Har minutda 1mlrd tonnage yaqin suv Yer yuzasidan bug’lanadi. Suvning havzalar va quruqlik o’rtasida tinmasdan aylanib turishi Yerdagi hayotni hamda o’simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat bilan munosabatini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir.
Yerga yetib kelayotgan quyosh energiyasining faqat 0,1-0,2 foizigina yashil o’simliklar fotosintez jarayonida foygalaniladi.
Biologik va geologik davriy aylanishlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun bu jarayonlarda bir butun, yaxlit,ya’ni elementlarning biokimyoviy davriy aylanishi deyiladi.