Qurilish ekologiyasi ” fanidan


-rasm. Shaharsozlik (Urganch shahri 2015 yil)



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə46/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

2-rasm. Shaharsozlik (Urganch shahri 2015 yil). 
Shaharsozlikning ekologik muammosi tabiiy atrof-muhit bilan o‘rab olgan shahar va 

qishloqlarni har tomonlama ta’sirini o‘rganish asosida faqatgina muvaffaqiyatli qaror topishi


mumkin (3-rasm). 
Shahar muhitida tabiat va inson o‘rtasidagi ma’lum o‘zaro kelishuv ular orasidagi ekologik
muvozanatni, ya’ni o‘z-o‘zini rostlashi, qayta ishlab chiqarishi va uning asosiy tashkil 
etuvchilarini tegishli muhofazasi ta’minlangan shunday tabiiy atrof-muhit holatida erishish
sharoitida faqatgina amalga oshishi mumkin. Bunda insonning hayotiy faoliyati uchun ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadigan sharoitning yaratilishi, shuningdek tabiiy va material resurslarini to‘g‘ri
ishlatilishi muhim masala hisoblanadi. 
Ushbu muammolarni o‘rganadigan hamda o‘ziga xos ekotizimlarda – shaharlarda inson
mavjudligining shart-sharoitlarini tekshiradigan ilmiy fan shaharsozlik ekologiyasi (yoki 


urboekologiya) nomini oldi.
Shaharning hududiy chegarasida har xil ko‘rinishdagi qurilishdan tabiiy ekotizimlarda texnogen 
(uylar, korxonalar, yo‘llar va sh.k.) yuklar ayniqsa keskindir. Bu yerda chegaralangan hududga
nisbatan sanoat, fuqaro va boshqa komplekslar bir joyda to‘plangan, bir vaqtning o‘zida barcha 
ko‘rinishdagi antropogen, ya’ni mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa ta’sirlar harakatlanadi.
Shaharlardagi maydonlarda tabiiy ekotizimlarning texnogen darajasi va maydonining zararlanishi 
yuqoridir.
Urboekotizimlarning ko‘p shaklli xillari tabiiy (gidrosfera, atmosfera va b.q.) va antropogen 
(binolar, infratuzilmaning elementlari va sh.k.) tizimlar ostida birikadi. Shahar – ekotizimlarga va
atrof-muhitga to‘liq bog‘liqdir. Shahar – kuchli “madaniy” qatlam
4
, to‘kiladigan gruntlar (tuproq osti) 

Yerning madaniylashtirilgan qatlami – tuproq (er)ning inson faoliyati natijasida o‘zgargan 


(ibtidoiy davrdan boshlab) va ularning izlari yoki qoldiqlarini saqlab qolgan qatlami.
Arxeologik ahamiyati bilan birgalikda insonning atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan ta’sirining 
o‘sishi bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
4

Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy (Edited by 2003) Construction ecology:


nature as the basis for green buildings. London and New York - p. 303 (p. 128-139).

57
va boshqalar hosil bo‘lib to‘plangan ekotizimdir. Shaharning rivojlanishi tabiiy atrof-muhit qonunlari 


bilan emas, balki ekologik muvozanatni buzilishi, inson faoliyatining bunyodkorligi va buzuvchanligi
bilan aniqlanadi. Shaharni muvozanatsiz ekotizimlarga qo‘shish mumkin
5
.

Shahar maydonlarida ushbu o‘ziga xos xususiyatlar oqibatida urboekotizimlarning biomassasi 


muvozanatlashmagan, ozuqa zanjiri buzilgan, unumdorlik yo‘q qilingan. Urboekotizimlarning


soddalashgan tarkibi uning tashqi ta’sirlarga yuqori barqarorligini ta’minlamaydi, doimiy ekologik 
nazoratni va ekologik talablarni bajarilishini talab qiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin