46
Jarliklarning o’rtacha o’sish tezligi tuproq tarkibiga bog’liq bo’lib, bir yilda 3 m dan 8-26 m
gacha bo’lishi mumkin. Jarliklar tufayli erlar ishga yaroqsiz bo’lib qoladi, ekin maydonlari
qisqaradi, qishloq xo’jalik mashinalaridan va transport vositalaridan foydalanish uchun
noqulayliklar paydo bo’ladi. Eng achinarlisi, mintaqalar xududidan oqadigan daryolar juda ham
loyqalanib qoladi. Masalan, Orol dengiziga Amudaryodan yiliga 100
mln t turli kimyoviy
tarkibga ega bo’lgan oqiziqlar kelib tushadi.
Sel ta’sirida ham tuproq eroziyaga uchrashishi mumkin. Sel – kuchli jala natijasida
vujudga kelgan oqim bo’lib, u tuproqni yuvishdan tashqari, o’z yo’lida
uchragan barcha
narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va boshqalar)ni uzoq erlarga olib kyetadi va nihoyatda
ko’p erlarni ishdan chiqaradi.
Ma’lumotlarga
qaraganda, Markaziy Osiyoda 1872-1967 yillar davomida 2917
marotaba, O’zbekistonda esa, 1969 marotaba sel bo’lgan. Ular xalq xo’jaligiga katta iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik zarar etkazgan. Masalan, 1921 yilda hozirgi Almati shahri yaqinida kuchli
sel bo’lib, suv oqimining qaliyaligi ikki qavatli bivoga teng, tezliga 5 m/s bo’lgan va 4 soat
davomida shaharga 1800 ming m
3
loyqa, tosh-shag’allarni keltirgan. Natijada fojiali hodisalar
yuz bergan, 1963 yil 7 iyulda Talgar vodiysida bo’lib o’tgan sel natijasida Almati shahridan 60
km uzoqlikda joylashgan Esik ko’li yo’q bo’lib ketgan.
Tuproq eroziyasining yana bir turi – irrgasiya eroziyasidir. Bu dehqonchilik qilinadigan
nishab erlarni noto’g’ri sug’orishidan ko’proq sodir bo’ladi, bunda kichik jarliklar vujudga
kelib, tuproq suv ta’sirida yuviladi. Masalan, Toshkent viloyatining ba’zi-bir xo’jaliklarida
irrigasiya eroziyasi tufayli har bir gektar erdan o’rtacha 100 t tuproq yuvilib ketmoqda. Buning
oqibatida yil davomida har gektar erdan 100 kg azot va 115 kg fosfor yuvilib ketayapti.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish uchun bir qator
chora-tadbirlar mavjud.
1. Past-balandliklardan iborat bo’lgan erlarda ko’p yillik ekinlar ekish, bog’dorchilik va
uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qiyaligi 5-10°
tashkil yetadigan
erlarning yon bag’irlari ko’ndalang haydalsa, yog’ingarchilik suvlari jo’yaklar hosil qila
olmaydi. Erning qiyaligi 10-15° tik bo’lgan erlarda ko’p yillik em-xashak o’simliklari
ekish
yoki pushtalar olib mevali daraxtlar va tokzorlar barpo qilish respublikamiz miqyosida keng
ko’lamda amalga oshirilmoqda.
2. Yo’llar qurilishi paytida yog’ingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yo’l bo’ylab
ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Suv havzalari, to’g’onlar,
kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq
olingan handaklarii tekislab, daraxtzorlar
barpo etish kerak. Masllan, Samarqand viloyati Pastdargom tumanida kichik jar va soylarni
tekislash hisobiga 200 gektar yangi erlar ochib xo’jalik hisobiga o’tkazilgan.
3. Qirg’oqlarni yuvadigan daryo bo’ylarida damba va ko’tarmalar o’rnatish, jarliklarga
suv
tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez yuviladigal tuproqli joylarda ariq
o’rniga tyemir-beton lotoklar qurish, jarlarda va soyliklarda suv oqimini to’suvchi to’g’onlar
qurish, selga qarshi kurashish uchun quruq hovuzlar
va suv omborlari barpo etish,
zinapoyasimon ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega. Masalan, Toshkent viloiti
Bo’stonliq tumanidagi sel ko’p bo’ladigan Oqtosh soyligida tog’ yonbag’irlarida
zinapoyasimon ariqlar qazilib, daraxtzorlar barpo qilingan.
Dostları ilə paylaş: