Qurilish ekologiyasi ” fanidan


Musta’kamlash uchun savollar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə34/81
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#186304
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Hayot faoliyati xavfsizligi-fayllar.org

Musta’kamlash uchun savollar: 
1. Za’arli gazlar miqdorini kamaytirishning necha xil usuli bor? 

2.Za’arli gazlar miqdorini kamaytiruvchi tashkiliy chora- tadbirlarga nimalar kiradi? 


3. Sanitar - ximiya zonasi qanday belgilangan? 

4. Za’arli gazlar miqdorini kamaytiruvchi texnologik chora-tadbirlarga nima kiradi? 


5. Atmosfera ‘avosini sha’arda sanoatning qaysi tarmoqlari ko‘proq ifloslantiradi? 

6. Sanoat korxonalarini atmosferaga tashlayotgan zaxarli gazlariga qarab nechta sinfga 


bo‘linadi?
7. atmosfera xavosini asosiy chora-tadbirlari nimalardan iborat? 

8. Sanoat korxonalarini loyixalashda qanday talablar qo‘yiladi? 


9. atmosferani ifloslantirmaydigan yokili turlari nimalardan iborat? 

10. Transport vositalarining kupayishi atmosfera ‘avosiga qanday ta’sir etadi? 




6-Mavzu: Tuproqlarni muhofaza qilish va uning ifloslanishi 

Reja 

1. Litosferani muhofaza qilish. 


43


2. O’rmon resurslarini kamayib borish sabablari. 

3. Yerni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar. 


T a ya n ch i b o r a l a r : 
Litosfera, tos o’ram, tuproq, gummus, chirindi, rekultivatsiya, cho’llanish, sho’rlashish,
tuproq eroziyasi, tuproq degradatsiyasi, ihota, mikro elementlar, mikroorganizmlar, gazlar 
balansi, ifloslanish, antropogen, changlar, chiqindi, xom ashyo, suv, issiklik manbai , xavo,
kuyosh radiatsiyasi. 


6.1. Litosferani muhofaza qilish. 
Litosfera - bu yerni ustki qatlami bo’lib, uning qalinligi 30-40 km ga teng. Litosfera o’z 
ichiga yer resurslarini, o’simliklarini, o’rmonlarni, hayvonot olamini, yer osti boyliklarini oladi.
Litosferani muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish - bu ishlab chiqarish 
jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda insonning tabiiy yashash sharoitlarini, planetani
genetik fondini saqlab qolishning asosiy omillaridan biridir. 
Litosferaning ustki qavati tuproqdan tashkil topgan bo’lib, tuproq insonlarning hayotini
ta’minlashda muxim rol uynaydi, chunki oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishni asosiy 
xajmi sifatiga bog’liqdpr.
Tuproq uzoq yillar davomida atmosfera, gidrosfera, o’simlik va xayvonot olamining 
o’zaro bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan holda litosferaning ustki qavatlarining uzgarishi
natijasida shakllanib kelgan. 
Tuproqning holatiga omillar bilan birgalikda, inson faoliyati ham ta’sir ko’rsatadi.
Tabiatda doimo tuproq qavatining suv, shamol, sel okimlari va x.k. ta’siri natijasida buzib 
yuborilishi jarayonlari amalga oshib kelgan. Ammo lekin, tuproq holatining global buzilishi
paydo bulishi, asosan insonlarning turli xil xarakatlariga bog’liqdir. Insonning xohishiga ko’ra 
tuproqning xarakteri o’zgartiriladi, tuproqni hosil qiluvchi faktorlar - relef, mikroiqlim
uzgaradi, dengizlar, suv omborlari, kanallar barpo etiladi, millionlab tonna grunt joydan joyga 
ko’chiriladi va x.k.
Tuproqni muhofaza qilishning asosiy vazifasi - bu tuproq qatlamining yaxlitligini saqlab 
qolish, uning maxsuldorligini saqlashdir. Buzib yuborilgan tuproq juda sekin tiklanadi.
Tuproqning 1 sm qavatini tiklash uchun yuz yillar kerak. Oxirgi yillarda butun dunyo 
mikyosida er resurslarini kamayib borishi kuzatilmoqda. Buning asosan ikkita sababi bor:
1. Birinchisi - tuproqning tabiiy jarayonlar (masalan, cho’llarni ortib borishi) ta’sirida 
hamda xo’jalikni bilimsiz olib borish natijasida (yemirilish, tuzlanish) degradatsiya va
quvvatsizlanishidir. Tabiiy jarayonlar ta’sirida denudatsiya jarayoni - ya’ni tog’ landshaftlarini 
buzilishi, quruqliklarni tarqalishi, tuproq qatlamini suv va shamol bilan surilib ketishi - amalga
oshiriladi. 
Tabiiy jarayonlar ta’sirida denudatsiya jarayoni - ya’ni tog landshaftlarini buzilishi,
quruqliklarni tarqalishi, tuproq qatlamini suv va shamol bilan surilib ketishi - amalga oshiriladi. 
Tuproqlardan notugri foydalanish, ularning eroziyasiga, ya’ni tuproq qavatini buzilishiga
olib keladi. Eroziyaning quyidagi turlari mavjuddir: shamol, suv, irrigatsion, texnik eroziyasi. 
Tuproq bilan o’simliklar orasidagi muvozanat buzilib ketsa, eroziya tezlashadi va
chullarini tarqalishiga olib keladi . 
2. Ikkinchisi - texnik progress, industrializatsiya urbanizatsiya ta’sirida er resurslarini
kamayib ketishi. 
Hozirgi vaqtda shaharlarni, sanoat markazlarini qurishga, tog’-kon ishlarini olib borishga
egallanayotgan yer maydonlari doimo kengayib kelmoqda. Bugungi kunda shaharlar, qishloq 
xo’jalik inshootlari, komunikasiyalar, suv omborlari va boshqa inshootlar quruqlikning 4 % ni
egallaydi. Yer sayyoramizda esa quruqlikni atigi 11 % ni qishloq mahsulotlarini ishlab 
chiqarishga yaraydigan erlardir. Qolgani esa qurgoqlik yoki muzlik zonalari. Yer fondini saqlab
qolish uchun kurashish - insoniyatning muhim vazifalaridan biridir. SHu borasida asosan 
quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1. O’rmon, o’simliklarni saqlash, qishloq xujaligini olib borishni zamonaviy shakllarini 
qo’llash xisobiga cho’llarni tarqalishini tuxtatish.


44
2. Yerlarni rekultivatsiyalash. 


3. Quruqliklarni o’zlashtirish, botqoqlarni quritish, tuproqlarini eroziyasiga qarshi
kurashish . 
4. Industriyaning (urbanizatsiyaning) bostirib kelishini chegaralash, ya’ni sanoat kompleks
va markazlarni kichik maydonlarda - tepaga karab barpo etish. 
Er resurslarini saqlab qolishda suvni saqlab tuproqni kurishidan ximoya qiladigan
o’simliklarni, ya’ni o’rmonlarni ahamiyati juda katta. 
Rekultivatsiya deganda buzilgan tabiiy territorial komplekslarni yaxshilash va qayta
tiklashga karatilgan chora-tadbirlar tushuniladi. 
Buzilgan erlarning maxsuldorligini va xalk xujaligidagi qayta tiklash maksadida olib
boriladigan ishlar ikkita bosqichdan iboratdir: 
1. Tog’-texnik rekultivatsiyasi - bu yer maydonlarini keyinchalik o’zlashtirish maksadida
tayyorlashdir (otvallarni planlashtirish, ularni maxsuldor tuproqlar bilan koplash, va x.k.) 
2. Biologik rekultivatsiya - bu erlarni biologik xossalarini, ya’ni maxsuldorligini qayta
tiklashga karatilgan chora tadbirlardir; ular tog texnik rekultivatsiyasidan keyin olib boriladi. 
Hozirgi kundagi katta muammolardan biri bu cho’llarni tarqalishini to’xtatishdir.
Qumlarning bostirib kelishidan himoya qilish maqsadida har xil to’siqlar quriladi. Bu 
passiv kurashishdir. Qumlarning bostirishidan aktiv kurashish yo’li-o’simliklarni ko’paytirish.
Qumlarning harakatchanligini bostirishning yana bir yo’li - yopishqoq moddalarni ya’ni 
mazut, bitum, gudronlarni quyishdir. Ular qum zarrachalarini bir-biri bilan yopishtirib plyonka
hosil qiladi. Shu maqsadda suvda eruvchan polielektrolitlar ham ishlatilsa bo’ladi. (K-4, K-9). 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin